Axloqiy ong. Har bir insonning xatti-harakatlari uning ongi orqali boshqariladi. CHunki, ong insonlarning olamni, YAni jamiyatni, tabiatni aks ettiruvchi his-tuyg‘ulari va odatlarining yig‘indisi bo‘lib, siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, diniy, estetik qarashlar va kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Axloqiy ong ijtimoiy ongning shakllaridir biridir.
Axloqiy amaliyot. Inson o‘zining har bir faoliyatida aniq bir maqsadni ko‘zlab, tegishli vosita va usullar orqali harakat qiladi hamda malum natijalarga erishadi. Demak, maqsad, vosita va natijalar inson faoliyatining, jumladan axloqiy amaliyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Oxirgi natijalarning axloqiy mazmunida kishilar orzu-umidlarining ro‘yobga chiqishiga yordam beruvchi yaxshi yoki YOmon amallar, qulay yoki noqulay harakatlar aks etadi. Mana shu tomonning o‘zaro birligi axloqiy amaliyotning mazmunini tashkil qiladi.