Imperativ axloq (lot.imperativus -farmon) Kant etikasida axloqiy qonunni tavsiflovchi asosiy tushuncha. Kant falsafiy talimotida amaliy aqlni nazariy aqlga nisbatan ustun qo‘yiladi.
“Amaliy aql” deganda, keng manoda u etika, davlat va huquq nazariyasini, tarix falsafasi va dinni, antropologiyani; tor manoda esa, axloqiy xulq atvor tamoyillari va qoidalarini yaratuvchi aqlni tushunadi. Kant “Amaliy aql tanqidi” asarida inson yaxshilik va yomonlik haqida qalbining hissiy ishtiyoqi va intilishlariga asoslanib emas, aql zakovati yordamida xulosa chiqarish kerak, degan nazariyani o‘rtaga tashlaydi.
In’ikos kamida ikkita ob’ektning o’zaro ta’siri natijasida yuz beruvchi jarayondir. Eng umumiy ma’noda, har qanday predmetlarning u bilan ta’sirlashuvda bo’lgan boshqa predmetlarning ta’sirini muayyan tarzda aks ettirishi bilan bog’liq xossasiga in’ikos deyiladi.