istamaslik, o‘zgalarning yutuqlari va muvaffaqiyatlarini ko‘ra olmaslik. Hasad tuyg‘usi mavjud bo‘lgan odam boshqalarning yaxshi turmush kechirishidan, o‘qishda, mehnat faoliyatida erishgan yutuqlaridan qiyin ahvolga tushadi. Hasad turli olamshumul dinlarda qoralanadi. Masalan xristian dinida hasad ettita gunohi kabiralardan biri hisoblanadi. Chunki bu dinda aytilishicha, hasad qilish xudo tomonidan o‘rnatilgan tartibdan norozilikni bildiradi.
Hayo Shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan
biri; hayo tuyg‘usida insonning o‘z xatti-harakatlarini, axloqiy sifatlari va motivlarini anglashi tushuniladi. Inson o‘z xatti-harakatlarining axloqqa zid ekanligini mustaqil ravishda yoki bo‘lsamasa atrofdagilarning qoralashi natijasida anglab etishi mumkin. Hayo vijdon b-n bevosita bog‘liq bo‘ladi. Vijdonsiz odamlarda hayo bo‘lmaydi. SHu b-n birga, hayoning vijdondan farq qiluvchi jihatlari ham mavjud. Hayo qo‘proq tashqi muhit b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi insonning o‘z xatti-harakatlarini boshqalar nuqati nazaridan baholashi b-n bog‘liq bo‘ladi. Hayo tuyg‘usi manaviyatli va manaviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.