Jamiyatda diniy fanatizm va dinda qarashlar xilma-xilligi



Yüklə 93,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü93,23 Kb.
#186953
  1   2   3   4   5   6   7   8
jamiyatda-diniy-fanatizm-va-dinda-qarashlar-xilma-xilligi



Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
341 
JAMIYATDA DINIY FANATIZM VA DINDA QARASHLAR
XILMA-XILLIGI 
Nigora Abdikadirova Sabirjanova
―Ijtimoy gumanitar va huquq‖ kafedrasi o’qituvchisi
 
ANNOTATSIYA 
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan 
maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din 
kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy 
ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va 
sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr 
Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan 
biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini 
paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni 
Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning 
ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin.
 
Kalit so’zlar
: diniy, e’tiqod, oyat, aqidaparastlik, aktsentuatsiya, fanatizm, , 
komillik, johillik. 
KIRISH 
Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni yot g’oyalardan asrash, ularda 
mafkuraviy sog’lom immunitetni ta’minlash, diniy fanatizm, ekstremizim kabi 
ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish bugungi kun uchun dolzarb masalaga aylangan. 
Ma’lumki biror bir illatni oldini olish uchun avvalo uni keltirib chiqaruvchi omillar 
va sabablarni anglash zarur. Diniy fanatizm (lot. Fanaticus ―g’azablangan‖) — diniy 
g’oyalarga ko’r-ko’rona sodiqlik va amaliy hayotda ularga rioya qilish istagining juda 
katta ahamiyatga ega ekanligi. Diniy fanatizm asosan diniy mazhablarda yaqqol 
namoyon bo’ladi. Bu diniy faoliyatga, undagi turli marosimlar va ibodatga 
mutaassiblik bilan kirishish va o’z xayrixoh guruhlari ichida birlashib ketishdir. Diniy 
fanatizim odatda diniy tamoyillar nomi bilan qurbonlikni muqaddasligiga asoslanadi. 
Uning psixologik asosi — e’tiqoddir. Diniy mutaassib shaxsning emotsional 
kechinmalari uning ratsional fikirlash qobiliyatidan ustunligi bilan tasniflanadi. Ya’ni 
diniy aqidaparast shaxs voqea-hodisalarni kognitiv bilish orqali emas balki 
emotsional kechinmalar ta’sirida tahlil etadi va yondoshadi. Diniy aqidaparastlikning 
asosiy turlari orasida passiv-fikirlovchi va aktiv-ekstremistik turlari ajralib turadi.



Yüklə 93,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin