Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 E-mail: carjisor@carjis.org 343 og’ishlarni yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin. Shaxsdagi turli fanatik
holatlarni va xatto diniy fanatizimning ham kelib chiqishda xarakter
aktsentuatsiyasining ahamiyati katta bo’lishi mumkin. Quyida bu kabi holatlarga
ta’sir etuvchi turli aktsentuatsiya tiplarini keltirib o’tamiz: Demonstrativ
(namoyishkorona) tip. Ushbu turdagi xarakter aktsentuatsiyasi egasi doimo diqqat
markazida bo’lishga intiladi, uning barcha faoliyati aynan shu masalaga
yo’naltirilgan holda kechadi. Bu turdagi xarakter anomaliyasi asosida o’z dinini va
e’tiqodini barchaga ko’z-ko’z qilish orqali har qanday yo’l bilan o’zining dindorligini
barchaga e’lon qilishga intiladi. Aslida esa dinning asosiy talablariga subektiv tarzda
e’tiqod qilmaydigan aqidaparast shaxs shakllanadi.
Distim shizioid tip. Bu turga mansub shaxslar emotsiyalari sust ifodalangan va
introvert tipdagi bo’lib, ko’p holatlarda salbiy kayfiyatda bo’ladilar. Bu xildagi
xarakter asosida diniy qarashlariga mukkasida ketgan va atrofdagi insonlarga va
voqelikga nisbatan befarq shaxs shakllanadi. Shuningdek, bunday shaxslar o’z xatti-
harakatlarining boshqa insonlarga nisbatan ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’siriga
befarq qaraydilar.
Epileptoid— qo’zg’aluvchan tip Bu kabi xarakter aktsentuatsiyasiga mansub
shaxslarda shavqatsizlik tajovuzkorlik va reaktivlik xususiyatlari ajralib turadi.
Qo’zg’aluvchan odamlarning reaksiyalari impulsiv bo’lib, ular biror narsani
xushlamasalar masalaga kelishuv asosida yondoshmaydi aksincha bag’rikenglik ular
uchun begona. Aksincha yuz ifodalari va so’zlari bilan salbiy emotsiyalariga erk
berishni va o’z talablarini ochiqcha e’lon qilishga moyildir. Qotib qolgan tip Bu kabi
xarakter xususiyatidagi shaxslarda adolatga intilish va qasos olishga moyillik yorqin
ifodalangan bo’lib, bu xarakter aktsentuatsiyasiga ega bo’lgan shaxslarda diniy
aqidaparastlikning yuzaga kelishi boshqa turlaridan ko’ra xavfli hisoblanadi. Bu kabi
insonlardan jamiyat uchun turli tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin. Rus diniy va
siyosiy faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev (1874–1948) o’zining 1937 yili
―Russkie zapiski‖ jurnalida chop qilingan ―Aqidaparastlik, ortodoksiya va haqiqat
haqida‖ nomli maqolasida diniy aqidaparastlikka tanqidiy fikrlarini bildirib o’tadi. U
―aqidaparastilik‖ so’ziga sinonim sifatida ―murosasizlik‖ nisbiy ma’noda rashkchi
ma’nosini keltiradi. Uning fikricha aqidaparast shaxs xuddi rashkchi bir insondek
barcha yerda xiyonat va sotqinlikni ko’radi. Bunday shaxslar o’ta shubha va
gumonlarga beriluvchan bo’lib, go’yoki hamma yerda uning e’tiqodiga nisbatan fitna
uyushtirilayotgandek tuyuladi. Berdyaev diniy aqidaparastlikning ziddiyatli
xususiyatlariga ishora qilib quyidagi fikrlarni keltirib o’tadi: ―Aqidaparast shaxs
doimo o’zining qandaydir taqib ostida deb xis qiladi, atrofda uni shaytonning turli