Yahudiylik – asosan yahudiylar oʻrtasida tarqalgan eng qadimgi dinlardan biri. Miloddan avvalgi 2 ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Arabiston yarim orolning shimolida koʻchib yurgan yahudiy qabilalari miloddan avvalgi XIII asrda Tankani bosib oldilar va miloddan avvalgi X asrda Rossiya – Ispaniya davlatini tuzdilar. Yahudiylik ana shu qabilalarning diniy urf-odatlari va Falastin xalqlarining ayrim eʼtiqodlarini oʻzida mujassamlashtirgan. Yahudiylik nomi Yahudo (Iuda) qabilasining nomidan olingan.
Dastlab yahudiylik koʻpxudolik (politeistik) dini boʻlgan. Miloddan avvalgi I—VIII asrlarda yahudiylik yakkaxudolik (monoteistik) diniga aylangan. Olamning yaratuvchi xudo Yaxvega eʼtiqod qilish, Yaxve va yaxudiylar oʻrtasidagi ahd (shartnoma)ga shak keltirmaslik, yahudiylar xudoning mumtoz bandalari ekaniga, Muso (Moisey)ning paygʻambarligiga va unga ilohiy kitob Tavrot yuborilganligiga, narigi dunyoga, mahdiy (messiya)ning kelishiga, oxirat kuni barchaning tirilishiga, jannat va doʻzaxga, gunohkorlarning jazolanishi va savob ish qilganlarning ragʻbatlantirilishiga ishonish yahudiylikning asosiy aqidalaridir. Yahudiylik dinida xilma-xil ibodatlar, duolar, urf-odatlar, roʻza tutish, xatna qilish, oziq-ovqat sohasidagi taqiqlar, shanba kuni hech qanday ish bilan shugʻullanmaslik, diniy soliqlar va yigʻimlar kabi talablar juda qatʼiy qilib qoʻyilgan. Yahudiylikning asosiy diniy kitoblari – Tavrot va Talmudsa belgilangan bunday koʻrsatmalar orqali dindor yahudiylarning turmushi, axloqiy va huquqiy hayoti nazorat ostiga olingan. Fanda yahudiylikning 4 bosqichi aniqlangan: eng qadimiy yahudiylik (Bibliya davri), klassik yahudiylik (miloddan avvalgi 536 va milodiy 70-yillar), ravvinlar davri va yangi davr yahudiyligi (modernistik yahudiylik). Eng qadimiy yahufiylik dini dastlab Falastindagi ikki davlat – Isroil va Yahudiya davlatlari (miloddan avvalgi X—XI asrlar)ning, keyinroq ular birlashgach, yagona yahudiy davlatining dini boʻlgan. Bu davr Tavrot (Tora)da aks etgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, uning tarkibiga kirgan matnlar ogʻzaki tarzda miloddan avvalgi XI—VI asrlar oʻrtasida shakllangan. Miloddan avvalgi V asrda yozib olingan. Bundan keyin yahudiylikning klassik davri boshlanadi. Miloddan avvalgi 586-yilda yangi Bobil podshosi Navuxodonosor XI Yahudiyani yakson qildi, salkam 30 ming yahudiyni asirga oldi. 50 yil davom etgan „Bobil asirligi“ va undan keyingi davrlarda minglab yahudiylar Falastinni tark etdilar. „Qadimgi ahd“ matnlarining asosiy qismi ana shu davrda yozilgan. Milodiy 70-yil Quddus ibodatxonasining qulashi va Talmudning yozilishi orasidagi vaqt ravvinlar davridir. Yahudiy ruhoniylari Tavrotni talqin va tavsif qilish jarayonida vujudga Talmudi V asrda eʼlon qilindi. VII—XVIII asrlarda yahudiy ruhoniylari (ravvinlar) diniy yozuvlar – Tavrot va Talmudni targʻib qilishni davom ettirdilar. Bu davrni aks ettirgan juda koʻp ravvin adabiyoti vujudga kelgan. XVIII asrdan diniy talablarni davrga moslashtirish, soddalashtirish va yengillashtirish harakatlari avj oldi. Yahudiylikda qadim zamonlardan boshlab xilma-xil mazhablar va oqimlar vujudga kelgan, ular oʻrtasida keskin kurash borgan. Miloddah avvalgi II asrdan milodning 23-yiligacha farisey, saddukey, yes-sey, qumronlar jamoasi kabi oqimlar vujudga kelgan. Ortodoksal yahudiylik bilan bu mazhablar oʻrtasida kurash borgan. Milodning 1—2-asrlarida ortodoksal yahudiylikka muxolif boʻlgan ayrim oqimlar (yahudiy-xristian sektalari)ning borgan sayin yahudiylikdan yiroklashib borishi jarayenida xristian dini mustaqil din sifatida ajralib chiqqan (qarang Xristianlik).