Yahudiylik dinini kelib chiqishi Yahudiylik dinini milliy bayramlari Yahudiylikning muqaddas kitobi


Yahudiylik diniga ga eʼtiqod qiluvchilar soni 100 million nafarga yaqinni tashkil etadi



Yüklə 49,09 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü49,09 Kb.
#183266
1   2   3
Yahudiylik dini

Yahudiylik diniga ga eʼtiqod qiluvchilar soni 100 million nafarga yaqinni tashkil etadi
2. Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa diniy va milliy bayramlar (ibr. — Yom tov — yaxshi kun) mavjud.
Rosh Ashona (ibr. — «yil boshi») yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi.
Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan.
O‘n kun davom etadigan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab, qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart.
Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi hisoblanadi. U nisan (mart-aprel) oyining o‘n beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturushsiz non — «matsa» iste’mol qilinadi.
Shavuot (Sheviot) (ibr. — haftalar) Pesaxdan keyingi 50-kuni nishonlanadi. Shavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga «Tavrot»ning berilishi munosabati bilan nishonlangan.
Sukkot (chodirlar bayrami) yahudiylar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan.
Milliy xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom etadi.
Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafiga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib, shirinliklar tarqatiladi.
Hanukka (ibr. — «yangilanish», «yoritish») yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.
Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.

Yüklə 49,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin