Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348 E-mail: carjisor@carjis.org 342 ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin
Bossyue (1627–1704) tomonidan qo’llanilgan bo’lib, u o’z davrida katolik dinini
monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi
sifatida ko’rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue
aqidaparast tushunchasini o’sha davr o’z diniy e’tiqodlarini cherkov munosabatlari va
qoidalariga emas, balki faqat Xudogagina bog’liqligiga ishongan protestantlarga
nisbatan qo’llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan.
Xristianlik u uchun axloq normalarining na’munasi edi, lekin u har qanday ilohiy his
tuyg’ular va mistik hodisalarni ―ruhiy vabo‖ (la peste spirituelle) sifatida qabul
qilgan. Shu ko’rinishdagi diniy e’tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va
bid’atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murasasozlik targ’ibotchisi edi. U Lyudovik
XIV 1685 yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy
etish uchun 1598 yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764
yili Jenevada ―Falsafiy lug’at‖ nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma’rifatchi,
tarixchi va shoiri Volter (1694–1778)ning ―fanatizim‖ so’ziga bergan izohi chop
etildi. Volterning ta’kidlashicha aqidaparast shaxs — ―O’z nodonligini kuch orqaliy
himoya qiluvchilar‖dir. Ular o’z g’oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi o’lgan
barch insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol
sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi. ―Aqidaparastlar —
bu o’zlarining g’oyalaridan o’zgacha fikrlovchilarga o’lim hukmini o’quvchi
sudiyalardir‖ — deya e’tirof etgan edi Volter. Diniy aqidaparastlik psixologiyasi
to’g’risida to’xtalar ekan, Volter — bu shunchakiy ―johillik mevasi‖ yoki Beyl
ta’kidlaganidek ―ibtidoiy jon‖ emas balki olamon psixologiyasi bilan chambarchas
bog’liq holatdir deya ta’kidlaydi. Fanatiziya har doim qabihlik va shavqatsizlik
xususiyatiga egadir. U ayni vaqtda xurofot, g’azab va johillik kabi illatlarning
asoschisi hisoblanadi deb alohida e’tirof etadi Volter. SHu o’rinda alohida ta’kidlash
zarurki, diniy fanatizmni yuzaga kelishining nafaqat ijtimoiy balki psixologik ildizlari
ham mavjud.
Diniy aqidaparastlik tushunchasi haqida so’z borar ekan, e’tiborni xarakter
aktsentuatsiyasi tushunchasiga qaratish zarurdir. Ma’lumki, shaxsdagi xarakter
aktsentuatsiyasi — shaxsdagi bir xarakter xususiyati boshqalariga ko’ra bo’rttiribroq
namoyon bo’lishi va muayyan shaxsning o’ziga xos xususiyati sifatida gavdalanadi.
Xarakter aktsentuatsiyasi — norma va patologiya o’rtasidagi oraliq bosqich sifatida
qaralib, uning patologik bosqichiga qadar namoyon bo’lishi psixopatiyaga aylanish
xavfini tug’diradi. Xarakterning aktsentuatsiyalashgangili turli ijtimoiy-psixologik