Farosat insonning axloqiy qobiliyatni yuzaga chiqaruvchi estetik anglash tuzilmasining o‘ziga xos talabi.
Fazo narsalarning bir-biridan uzoqligini, ularning ko’lamini, joylashish tartibini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha. Shuningdek, fazo - narsalarning ko’lamini, hajmini, o’zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalovchi borliqning yashash usullaridan biridir.Fazo va vaqt tushunchalari, ko’p hollarda, forsiy til ta’sirida yozilgan adabiyotlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqtning tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi, xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma’nosida, vaqt esa hodisalar bo’lib o’tadigan muddat ma’nosida ishlatiladi.
Fenomenologiya «Sof ong» falsafaning predmetini tashkil etadi deb hisoblovchi falsafiy oqim.
va o‘lim orasidagi vujudga keladigan ziddiyat bo‘lib, erkinlik va zaruriyat o‘rtasidagi kurashga asoslangan ulug‘vorlikning yuksak darajasidir.
Forig‘lanish mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan halos etuvchi estetik hodisa.