Estetik tarbiya ijtimoiy-manaviy jarayon va inson kamolotining muhim mezoni. U bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlaridan zavqlanish, yangilik va innovatsiyaga qiziqish tuyg‘usini nafosat tamoyillari, go‘zallik talablari asosida rivojlantirishga o‘rgatuvchi manaviyatning aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyatidir.
Estetika insonning voqelikka nafosatli munosabatini, xalq, millat, jamiyat badiiy tafakkurini hamda borliq, sanat va ijod jarayonlarining eng umumiy qonuniyatlari, tushunchalari, mezonlarini go‘zallik asosida anglash, o‘rganish va o‘zlashtirishga doir nazariy-amaliy faoliyat tizimidir.
odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ko‘zini quvontiradigan munosabat hodisasidir. Etiketning qamrovi keng, u malum manoda xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi o‘zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Muomala odobida inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, YAni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqazo etadi.