Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy birlamchi asosi tushuniladi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə50/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Substansiya deganda barcha narsalarning muayyan umumiy birlamchi asosi tushuniladi. Turli narsalar va hodisalar vujudga kelishi va yo‘q bo‘lishi mumkin bo‘lsa, substansiyani yaratish ham, yo‘q qilish ham mumkin emas, u faqat o‘z borlig‘ining shaklini o‘zgartiradi, bir holatdan boshqa holatga o‘tadi. Substansiya – o‘z-o‘zining sababi va barcha o‘zgarishlar asosi, borliqning eng fundamental va barqaror qatlami.

Modomiki, substansiya hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zi uchun boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan birinchi sabab ekan, u o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud bo‘lish imkoniyatini istisno etadi. U xoh Xudo, xoh g‘oya, o‘zlik, ruh yoki ekzistensiya bo‘lsin – substansiya yagonadir! «Substansiya» tushunchasi ko‘plikda qo‘llanilishi mumkin emas. Uning ko‘pligi g‘oyasi mazkur tushunchaning tarifiga ziddir, chunki mazkur maqomga davogar ikki yoki bir necha narsa mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi. Substansiyalilik paradoksi ana shundan iborat.

Substansiyaning o‘z-o‘zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan, alohida xossalari – moduslarda sodir bo‘ladi.

Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy talimotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.

Substansiyaga oid turli yondashuvlar shakllangan. Dunyodagi narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan talimot «monizm» (yunon. monos – bitta, yagona) deb ataladi. Substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin