Materialistik monizm deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza, va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz. SHuningdek Zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”ning “Yushtlar” qismidagi ko‘pxudolik aqidalariga zid o‘laroq “Gohlar”qismida yakkaxudolik g‘oyalari targ‘ib qilingan.
Idealistik monizm materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda obektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va subektividealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini
«neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari,
«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm. Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aql-idrokning alohida o‘rnini aniqlash hamda takidlashga harakat qilgan. Uning zamondoshlari – marifatli absolyutizm g‘oyalarining tarafdorlariga tasiri juda katta bo‘lgan. X.Volfning falsafaga oid qo‘llanmalari barcha o‘quv yurtlarida o‘qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet talimining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan. Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o‘rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substansiya o‘z atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko‘lamigagina ega. U mutlaq bo‘shliqni istisno etadi, harakatlanish, yani jismoniy zarralarni bo‘lish, joydan-joyga ko‘chirish va o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Manaviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o‘zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi o‘ziga xos ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. U ruhiy substansiyaning butunlay jismsizligini etirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo‘lsa-da, uning g‘oyalarida o‘rta asr falsafasidan meros qolgan «substansiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo‘llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - universal va Cheksiz substansiya
– fikrlash va ko‘lamni alohida erkin maqomga ega, deb elon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiyaning uzviyligini va har bir «Men», yani aqlli jonzotga bevosita, ko‘lamli substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya (aql) metafizikaning o‘rganish predmetini, ajraluvchi substansiya (ko‘lam) esa fizika predmetini tashkil etadi.
Biroq, ikki substansiya – manaviy va moddiy substansiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtai nazardan noto‘g‘ri va ratsional manoda juda ko‘p qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Fikrlash va ko‘lamga ikki substansiya tarzida, yani birbiriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o‘z harakatlarida qanday uyg‘unlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-etiboriga ko‘ra, substansiya butun mavjudot asosi, hamma narsani o‘z ichiga oluvchi va o‘zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo‘lmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon bo‘lgan.
Fransuz faylasufi J.Lametri o‘zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U o‘zida tajriba o‘tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog‘liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistikmaterializmni himoya qilib, Cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan g‘oyani ilgari surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo‘ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o‘zi tashqi jismlarning miyaga tasiri bilan bog‘liq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning
«miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko‘ra, «aql mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g‘oyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Dostları ilə paylaş: |