Tariflashga o‘xshash mantiqiy usullar
Bilish jarayonida tariflashga o‘xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani tariflashning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmay qolganda yoki unga zaruriyat bo‘lmaganda foydalaniladi:
a) tariflashga o‘xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi
bo‘lgan tushuncha orqali tariflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi inikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning bazi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish, sodir bo‘lgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo‘ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning bazi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko‘rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‘rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv tariflash kabi usullar ham mavjuddir.
Tariflash bilishda katta ahamiyatga egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U, albatta, bilish jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to‘laroq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |