O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro Davlat Universitetining Pedagogika Instituti
“Maktabgacha ta'lim” yo'nalishi
“Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Geometrik figuralarni farqlash va nomini aytishga o'rgatish.
Guruh: 5MT-21 S Bajardi: Istamova M. Rahbar: Yashiyeva F.Y.
Buxoro - 2022
Mavzu: Geometrik figuralarni farqlash va nomini aytishga o'rgatish.
Reja:
1.Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 2.Kichik guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish. 3.O‘rta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
М аtematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. “Bolajon” tayanch dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.
Kichik guruh
Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.