Mulohazalarning inkor qilinishi. Mulohazalarni inkor qilish muhim mantiqiy amallardan bo‘lib, u orqali yangi mulohazalar (inkor mulohazadan tasdiq mulohaza va tasdiq mulohazadan inkor mulohaza) xosil qilinadi.
Ikki mulohaza bir-biriga zid bo‘lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi yolg‘on bo‘lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza (p) yolg‘on bo‘lsa, inkor qilayotgan mulohaza ( p) chin bo‘ladi158. ( - inkor belgisi )
p
|
p
|
chin
|
yolg‘on
|
yolg‘on
|
chin
|
Quyidagi mulohazalar bir-birini inkor qiladi:
Hamma talabalar alochi. (yolg‘on).
Bazi talabalar alochi. (chin).
Hech bir inson qush emas (chin). Bazi insonlar qushdir (yolg‘on).
Mulohazalarni predikatning subektga taalluqli emasligini ko‘rsatish va mulohazani yolg‘on deb ko‘rsatish orqali inkor qilish mumkin. Birinchisi ichki inkor, ikkinchisi tashqi inkor deyiladi. Masalan:
Bazi yo‘llar tamirlangan emas (ichki inkor).
Ikkining tub son ekanligi – noto‘g‘ri fikrdir (tashqi inkor).
Dostları ilə paylaş: |