5-Mavz: inson ekologiyasi



Yüklə 281,21 Kb.
səhifə1/5
tarix26.12.2023
ölçüsü281,21 Kb.
#197726
  1   2   3   4   5
Atrof-muhit M-2 (5)

5-Mavz: INSON EKOLOGIYASI



      1. Aholi sonining o‘sishi va atrof-muhit muammolari


      2. Atrof-muhit va demografik siyosat

      3. O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish


5.1. Aholi sonining o‘sishi va atrof-muhit muammolari

Insoniyat asrlar davomida buyuk tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat nima o‘zi, ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday bo‘lishi kerak, degan savollarga javob qidirib kelganlar. Inson tirik organizm sifatida boshqa tirik jonzotlardan buyuk kuch-qudrati orqali tubdan farq qilishi odamzodni ilm ahli tomonidan alohida bir mavjudot sifatida qarashga majbur etdi. Ayniqsa, bunday dunyoqarash XX-XXI asrlarda, ya’ni ilmiy- tehnika yutuqlari davriga kelib juda avjiga chiqdi. “Tabiat ustidan g‘alabaga” erishgan inson aslida alohida bir “individ” yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan “hokim” emas, balki u tabiatning bir bo‘lagi, “Tabiat oshhonasining bir anjomidir”. Insonni hech qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi yashash makonidan ajratishning iloji yo‘q.


Inson Yer kurrasining jonli qobig‘i biosfera, yer yuzida yashovchi va tirik organizmlar turkumiga kiruvchi, lekin murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individdir. U ongining yuqoriligi, nuthining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yarata olishi, ahloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turadi. Uni boshqa insonlar bilan ma’lum bir hududda tarihan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi jamiyatdir. Huddi ana shu insonlar jamoasi-jamiyat tabiat bilan uzviy munosabatdadir.
Tabiat va inson Yer kurrasida juda uzviy bog‘langan va o‘zaro kuchli ta’sir doirasida turadi. Chunki insonni tabiatga bo‘lgan har qanday ta’siri (xoh ijobiy, xoh salbiy) ohir oqibatda insonning o‘ziga aks-sado bo‘lib qaytib keladi.
Hozirgi zamonda atrof tabiiy muhit holati ko‘proq tabiatga emas, balki kishilik jamiyatiga bog‘liqdir. Biz tabiatdan ajralgan holda yashay olmas ekanmiz, uning bir bo‘lagi bo‘lib qolishimiz lozim.
XX asrga kelib tabiat va jamiyat munosabatlari keskinlasha boshlagan. Asosiy mineral xom ashyo resurslarining
yetishmovchiligi, isrofgarchilik bilan o‘zlashtirilishi noxush ijtimoiy-siyosiy va ekologik oqibatlarga sabab bo‘lgan.
XX asrning ikkinchi yarmiga kelib hayot sharoitlarining yaxshilanishi, fan-texnika inqilobi aholi sonining keskin ortishi-«Demografik portlash»ga olib keldi.
Yer yuzi aholisi sonining keskin o‘sishi odamlar o‘rtacha umr davomiyligining ortishi, oziq mahsulotlari bilan ta’minlanishining yaxshilanishi,ayrim kasalliklarning tugatilishi, bolalar o‘liminig kamayishi va boshqalar bilan bog‘liqdir.
3-rasm. Aholi sonining ortib borishi

Ekologik xavfsizlik–deganda atrof tabiiy muhit holatini organizmlarning hayoti uchun ehtiyojlariga javob bera olishi, yoqi insonlar uchun sog‘lom, toza va qulay tabiiy sharoitga ega atrof- muhit tushuniladi. Ekologik xavfsizlikni taminlash uchun har bir alohida davlat ma’lum ekologik siyosatni olib boradi.Ekologik tahdidlar deganda atrof-muhit holati va insonlarning hayot faoliyatiga bevosita yoqi bilvosita zarar yetkazadigan tabiiy va texnogen xarakterdagi hodisalar tushuniladi. Ekologik tahdidlarning mahalliy, milliy, regional va global darajalari ajratiladi. Ekologik tahdidlar darajalari shartli ajratilgan. Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishi, havoning ifloslanishi, chiqindilar muammosini maqalliy darajadagi ekologik tahdidlar qatoriga ham kiritish mumkin.

Yüklə 281,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin