5-Mavz: inson ekologiyasi


O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish



Yüklə 281,21 Kb.
səhifə4/5
tarix26.12.2023
ölçüsü281,21 Kb.
#197726
1   2   3   4   5
Atrof-muhit M-2 (5)

O‘zbekistonda ekologik qonunchilik va uning samaradorligini oshirish


O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tabiatni muhofaza qilish siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, qonun hujjatlarini qabul qiladi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq olishning eng ko‘p-kam hajmini, shuningdek, to‘lovlarini undirib olishdagi imtiyozlarni belgilaydi. Shuningdek, hududlarni favqulodda ekologiya holati, ekologiya ofati va ekologiya falokati mintaqalari deb e’lon qiladi va bunday mintaqalarning huquqiy rejimini va jafo ko‘rganlarning maqomini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidentiga davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i sifatida quyidagi vakolatlar berilgan:

  • ekologik xavfsiz muhitni taminlash uchun zaruriy chora- tadbirlar ko‘radi;

- ekologiya borasidagi qonunlarni imzolaydi va ularga oid farmon, farmoyish va qarorlar qabul qiladi;

  • ekologik qonun me’yorlarini buzuvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining noekologik hujjatlarini bekor qiladi;

  • Oliy Majlis senati tasdig‘iga Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi;

  • ekologik inqiroz yoki talofot ko‘rgan hududlar yoki butun hudud bo‘yicha favqulodda holat joriy etadi;

  • respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolatlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlatning tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslarni hisobga olish va baholashni tashkil etadi, ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratadi hamda uning amal qilishini ta’minlaydi.
Atrof tabiiy muhitni davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir qator vazirliklar va muassasalar, korxonalarida tabiatni muhofaza qilishni boshqarish bo‘limlari ish olib boradi.
O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bosh ijro etuvchi organ Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi bo‘lib, u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo‘ysunadi. Qo‘mitaning vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • vazirliklar, idoralar, korxonalar va fuqarolar, tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

  • tabiatni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish;

  • davlat ekologiya ekspertizasini o‘tkazish;

  • atrof-muhit sifatining me’yorlarini tasdiqlash;

-ifloslantirvuchi moddalarni havoga chiqarib tashlash va suvga oqizish, shuningdek, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar berish va ularni bekor qilish;

  • ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston

Respublikasida, Toshkent shahri va viloyatlarda, ma’muriy tuman- lar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalaridan iborat tuzilmaga ega.
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini shu bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi amalga oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati amalga oshiriladi.
Bizning mamlakatimizda uzoq vaqt davomida tabiatdan foydalanish bepul bo‘lgan. Korxonalar yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishgan, atrof-muhitni ifloslantirganlar va buning uchun hech qanday to‘lov to‘lamaganlar. Faqatgina atrof- muhitning juda kuchli ifloslanishi kuzatilgan ayrim hollarda korxonalar jarima to‘lash bilan cheklanganlar.
Tabiatdan xo‘jasizlarcha foydalanish ekologik inqiroz vaziyatlari vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari davlatning zimmasida bo‘lgan. Lekin hozirgacha bu xarajatlar tabiiy muhitga yetkazilgan zarardan ancha kam va farq chuqurlashib bormoqda.
Tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni ifloslaganligi, chiqindilarni joylashtirgani va boshqa ta’sir turlari uchun to‘lovlarni joriy qilish iqtisodiy-ekologik muammolarni hal qilishning samarali yo‘li hisoblanadi.
Tabiatga foyda keltiradigan, uning holatini yaxshilaydigan faoliyati uchun korxonalar, muassasalar tashkilotlar va alohida Shaxslarga turli imtiyozlar beriladi.
«Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilishni taminlashning iqtisodiy tartiboti:

    • tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik (shu jumladan, chiqindilarni joylashtirganlik) va atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirishni;

    • kamchiqitli va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etilganida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni qayta tiklashda samara beruvchi faoliyat amalga oshirilganida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga soliq, kredit imtiyozlari va o‘zga imtiyozlar berishni;

    • ekologiya nuqtai nazaridan xavfli texnologiyalarni qo‘lla- ganlik va o‘zga faoliyatni amalga oshirganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan maxsus soliqlar joriy etishni;

- tabiiy muhitning qulay holatini buzgan korxonalar, muassa- salar, tashkilotlar va fuqarolar zimmasiga uni tiklash vazifasini yuklashni;

    • tabiat obyektlarini buzish yoqi yo‘q qilib yuborish oqibatida yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda tovon puli undirishni va boshqalarni ko‘zda tutadi”.

O‘zbekistonda atrof tabiiy muhitni belgilangan norma- tiv(limit)dan ortiqcha ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) uchun, normativ ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan nooqilona, kompleks bo‘lmagan foydalanish uchun to‘lovlar mavjuddir.
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar yetishi hollarini nazarda tutib korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sug‘urta qilinadi.
Yer sayyorasi insoniyatning umumiy yashash joyi, yagona uyi hisoblanadi va yer yuzida ekologik halokatni bartaraf qilish mavjud 200 dan ortiq davlatlarning, 7 mlrd. dan ortiq insonlarning umumiy vazifasidir. Mavjud ekologik muammolarni hal qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish xalqaro kelishuv asosida, umumjahon miqyosiida amalga oshirilgandagina o‘z samarasini berishi mumkin.
Davlatlararo hamkorlikning zarurligi sayyoramizda biosferaning yagonaligidan va insonlarning ta’siri hech qanday davlat chegaralari bilan cheklanmasligidan kelib kelib chiqadi. Oxirgi yillarda insoniyatni tashvishga solayotgan ko‘plab mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolar faqatgina davlatlararo hamkorlik yo‘li bilan hal qilinishi mumkinligi ma’lum bo‘lib qoldi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikning ikki asosiy shakli ajratiladi:

  1. Atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma va konvensiyalar.

  2. Xalqaro ekologik tashkilotlar faoliyati.

Turli davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun davlatlararo shartnomalar va konvensiyalar keng qo‘llaniladi. Bunday hamkorlik dastlab XIX asrning birinchi yarmida hayvonot dunyosidan foydalanishni tartibga solish yo‘nalishida vujudga kelgan. Ayniqsa ko‘chib yuruvchi hayvonlarni muhofaza qilishga katta e’tibor berilgan. Faqatgina baliq, kit va boshqa okean hayvonlarini ovlashni tartibga solish haqida 70 dan ortiq shartnomalar, konvensiyalar mavjud. Kitlarni ovlashni cheklashga oid birinchi xalqapo konvensiya 1931-yilda tuzilib, unda Antarktida atrofidagi suvlardan har yili 15 mingdan ortiq kit ovlanmaslik ko‘rsatilgan edi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi vaqtda tabiatni muhofaza qilishga oid 300 ga yaqin turli shartnoma va konvensiyalar tuzilgan. Ularning orasida 1963- yili Moskvada tuzilgan atmosfera, suv osti kosmik fazodagi yadro sinovlarini ta’qiqlash haqidagi shartnoma alohida ahamiyatga ega.
1973-yilda nodir hayvon va o‘simlik turlari bilan savdo qilishni chegaralash to‘g‘risidagi (SITES) xalqaro konvensiya tuzildi.
1972-yili Stokgolmda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning I-Umumjaxon konferensiyasida 5-iyun Xalqaro tabiatni muhofaza qilish kuni deb e’lon qilingan. 1973-yili Londonda dengizlarni neft va boshqa zaharli ximikatlar bilan ifloslanishining oldini olish yuzasidan yangi xalqaro konvensiya qabul qilindi. 1978-yili Ashxobodda o‘tgan Xalqaro Tabiatni Muhofaza qilish Ittifoqi (XTMI) bosh assambleyasida Jahon tabiatni muhofaza qilish strategiyasi qabul qilindi.
Atrof-muhitga inson ta’sirining kuchayishi 1985-yili Venada ozon qatlamini muhofaza qilish konvensiyasi, 1992-yili Rio-De- Janeyroda Biologik xilma-xillikni saqlash, iqlimning o‘zgarishi, cho‘llashish bo‘yicha va boshqa konvensiyalarning tuzilishiga sabab bo‘ldi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik turli davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ham amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik maqsadlari, tuzilishi va faoliyati bilan farqlanadi, hamkorlik xarakteriga ko‘ra ikki tomonlama yoqi ko‘p tomonlama, regional va subregional bo‘lishi mumkin.
BMT atrof-muhit muhofazasi masalalariga katta ahamiyat beradi. BMTning 1972-yilda tuzilgan atrof-muhit bo‘yicha maxsus dasturi YUNEP xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 1948-yili tuzilgan nodavlat tashkilot-Tabiatni Muhofaza qilish Xalqaro Itgifoqi(TMXI) yuzdan ortiq davlatlar, 300 ga yaqin milliy, davlat va jamoat tashkilotlarini birlashtiradi. Hozirgi vaqtda atrof-muhit muhofazasi sohasida 250 dan ortiq yirik xalqaro nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. BMT ning fan, maorif, ta’lim va san’at masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti YUNESKOning 14 loyihadan iborat «Inson va Biosfera» dasturi ko‘p yillardan beri xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik dasturlardan biridir.
Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar eng ziddiyatli bosqichiga etgan hozirgi davrda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda «Orolni qutqarish xalqaro fondi», Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi va boshqa tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yili 2-martda BMTga teng huquqli a’zo bo‘lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo‘l ochib berdi Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo‘lib, ushbu yo‘nalishda turli tadbirlar o‘tkazildi va amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taminlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi.


Yüklə 281,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin