5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
1/34
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
IDORAVIY NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TAYYORLASH VA QABUL QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565]
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-
avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi
nizom
hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida
”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy
hujjatlarini qabul qilish
tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
”gi
qarorlariga muvofiq,
shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar
tomonidan normativ-huquqiy
hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash
va qabul qilish qoidalari
1-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar
2-ilovaga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot
boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye
zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning
yuridik xizmatlari ishtirokida bir oylik muddatda seminar o‘tkazsin.
6. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.