Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat tuzilishi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat tuzilishi
22. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat tuzilishi huquqiy tartibga solish predmeti izchil (mantiqiy) rivojlanishini, shuningdek bo‘lajak hujjat bir
xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlashi lozim.
23. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat uning mazmuniga muvofiq bo‘lgan hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega
bo‘lishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy bo‘lishi lozim.
Agar buyruq yoki qaror bilan nizom, qoidalar, yo‘riqnoma yoki boshqa hujjat tasdiqlanadigan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning
1 — 5-
ilovalariga 
muvofiq shakl bo‘yicha buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlangani ko‘rsatilishi lozim.
24. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi —
muqaddima berilishi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muqaddimada idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari ko‘rsatiladi, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va
qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular
asosida qabul qilinayotganligi ko‘rsatilishi shart. Bunda, normativ-huquqiy hujjatlar turlari ularning yuridik kuchiga nisbatan ko‘rsatilishi kerak.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Muqaddima huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi, bandlarga bo‘linmasligi va raqamlanmasligi kerak.
25. Huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qo‘yilgan bandlar ko‘rinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega bo‘lmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan kichik harflar
yoki raqamlar ko‘rinishidagi kichik bandlarga hamda xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
26. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda quyidagilarga:
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikkitali raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
bir vaqtning o‘zida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bog‘lanmagan) xatboshilarni bayon etishga;
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
27. Hajmiga ko‘ra idoraviy normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, boblar,
paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Ikkinchi va keyingi xatboshilarni bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar rim, boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab
raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
28. Quyidagi tuzilmaviy birliklar:
agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda boblar bo‘lmasa, “bo‘lim”;
agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda band bo‘lmasa, “kichik band” va “xatboshi” kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin