buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) 42. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kichik bandigacha bo‘lgan (kichik bandni ham qo‘shgan holda) tuzilmaviy birligining amal
qilishining tugatilishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, xatboshi ko‘rinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash
deb ko‘rsatiladi.
43. O‘zgartirishlarga quyidagilar kiradi:
raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish yoki raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar,
bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalar va idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Oldingi tahrirga qarang. 43
1
. Jumlaning, ilovaning, bo‘limning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va h.k.ning matnini sezilarli o‘zgartirish talab
etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.
(43 1 -band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020- y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) 44. Qo‘shimchalarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yangi raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik
bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar bilan to‘ldirish kiradi.
45. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;
doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar yoki arab raqamlari bilan belgilanadigan kichik bandlar;
xatboshilar.
46. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda uning ilovalari, bo‘limlari, boblari, paragraflari, bandlari va
kichik bandlarining raqamlanishi o‘zgarmaydi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning
47-bandida
nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash lozim
(masalan, 2
1
-band, “v
1
”-kichik bandi va h. k.).
47. Agar tegishli qo‘shimchalar tuzilmaviy birlik (bo‘lim, bob, paragraf, band yoki kichik band)ning oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, unda
mavjud raqamlanish davom ettiriladi (masalan, agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning oxirgi bandi 50-band bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy
hujjat 51-band bilan to‘ldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan to‘ldiriladi va hokazo).
Oldingi tahrirga qarang. 48. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qo‘shilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari ketma-ketligi
o‘zgaradi. Masalan:
“4-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.”
(48-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 28-iyundagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-12, 28.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/2565-12/0580-son) 49. Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matniga, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qo‘shiladi (masalan, “va
yo‘riqnomalar” degan so‘zlar “, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek hujjatlar” degan so‘zlar bilan
to‘ldirilsin; “suv bilan ta’minlovchi korxonalar —” degan so‘zlar chiqarib tashlansin).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganda ilovalarning nomi va ilova belgilari qayta ko‘rib
chiqiladi.
50. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi xatboshilardan iborat bo‘lsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan
boshlanadi. Masalan:
5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
7/34
“(birinchi xatboshi) 2. Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
(ikkinchi xatboshi) shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
(uchinchi xatboshi) marksheyderlik hujjatlari bilan;
(to‘rtinchi xatboshi) ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan”.