Oldingi tahrirga qarang. (beshinchi xatboshi) Yer osti ishlarini tasdiqlash uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham qo‘llanilishi
mumkin.”.
(50-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) 51. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda, keyingi tuzilmaviy birliklarning
raqamlanishi o‘zgarmaydi.
52. Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta ko‘rib chiqiladi. Masalan:
“2-bandning “a” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.”.
Oldingi tahrirga qarang. 53. Asosiy idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotganda, ushbu hujjatga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birliklari) ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 54. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga muhim ahamiyatga ega o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati yoki aynan bir masala
bo‘yicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat bir tilda qabul qilingan bo‘lsa va uni boshqa
tilda ham qabul qilish zaruriyati bo‘lsa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat (bundan buyon matnda yagona yangi hujjat
deb yuritiladi) ishlab chiqiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 55. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning aniqliligini
lozim darajada nazorat qilishni ta’minlash uchun, shuningdek yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (uning o‘rinbosari)
tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan
birga kiritilishi lozim.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) 56. Qiyosiy jadval uchta grafadan iborat bo‘ladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni asoslantirish.
57. Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari qiyosiy jadvalda quyidagi ko‘rinishda bayon etiladi:
amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida o‘zgarayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik
bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar “polujirniy” shrifti bilan ajratib ko‘rsatiladi;
taklif etilayotgan tahrir grafasida to‘ldirilayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar,
paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar “polujirniy” shrifti bilan ajratib ko‘rsatiladi;
amaldagi tahrir grafasida o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalar yoki chiqarib
tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilar “polujirniy kursiv” shrifti bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan bo‘lsa, qiyosiy jadvalda faqat tegishlicha
o‘zgarayotgan, to‘ldirilayotgan, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar,
pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar ajratib ko‘rsatiladi.
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida o‘zgarmagan tegishli raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar,
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar, kiritilgan o‘zgartirishlar oddiy shriftda beriladi.