2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 92. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib
tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, unda
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan bo‘lsa,
hujjatni ko‘rib chiqish muddati o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
(92-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) 93. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
a) huquqiy ekspertizani;
Oldingi tahrirga qarang. b) ushbu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida xulosa rasmiylashtirishni;
(93-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565- 11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) Oldingi tahrirga qarang. v) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish
raqami berilgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritishni va uni Davlat reyestriga
kiritishni;
(93-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565- 10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. g) Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatning o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritishni va uni Davlat reyestridan
chiqarishni o‘z ichiga oladi.
(93-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565- 10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 93
1
. Elektron tizim orqali taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijasida unda texnik
ko‘rinishdagi, shu jumladan hujjat mazmunining o‘zgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, mazkur xatoliklar
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan elektron tizim orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda, idoraviy normativ-huquqiy hujjatda
aniqlangan texnik ko‘rinishdagi, shu jumladan mazmun o‘zgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar hujjatni qabul qilgan organ (organlar) birinchi
rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatga asosan bartaraf etiladi.
(93 1 -band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son) 94. Taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar: