Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka
talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi
PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting
ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka
talablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 10-yanvardagi 11-son buyrug‘iga
ILOVA
Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka
talablari to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan
malaka talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbari — qonunchilik hujjatlari va sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) ta’sis
hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining)
yagona ijro etuvchi organi bo‘lib hisoblanadigan yoki sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan
jismoniy shaxs;
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) alohida bo‘linmasining rahbari — tayinlanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasi va
berilgan ishonchnomaga asosan sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) alohida bo‘linmasining yagona ijro etuvchi organi bo‘lib hisoblanadigan
jismoniy shaxs;

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin