5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
18/34
kuchga kiradi)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilingan
kundan e’tiboran, agar unda kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
113. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatga (tuzilmaviy birlikka) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy
birligi) ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.
(113-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
114. Ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (tuzilmaviy birlikni) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yoki uning tuzilmaviy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy
hujjat (tuzilmaviy birlik) amal qilishining tiklanishiga olib kelmaydi.
Oldingi
tahrirga qarang.
115. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan
deb topish ushbu hujjatni
qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan qo‘shma holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga shu vazirlik va idoralar bilan qo‘shma
holda o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritiladi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritishda, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kelishilgan vazirlik va idoralardan qaysi birining manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qilsa,
o‘sha vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar shu vazirlik va idoralar bilan
kelishilgan holda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar uni qabul qilishda ishtirok etmagan vazirlik va idoralar
bilan kelishilishi lozim bo‘lsa, bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu vazirlik va idoralar bilan ham kelishilishi lozim.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
116. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o‘z
vakolati doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan idoraviy
normativ-huquqiy hujjatlarga
o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o‘tadi, ushbu Qoidalarning
117-bandida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
117. Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan
qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini
to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga o‘tadi.
118. Vazirlikning yoki idoraning nomi o‘zgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning
o‘zgartirilgan nomga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartirishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi
nomi ko‘rsatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi o‘zgartirilgan vazirlikka yoki idoraga to‘liq hajmda tadbiq etiladi.
Vazirlik yoki idora maqomining o‘zgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining
tugatilishiga olib kelmaydi.
119. Vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagan kundan e’tiboran
Davlat
reyestridan chiqarilgan hisoblanadi. Vazirlik va idoralar zarur xolda bunday hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin
ularning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etib, ularning amal qilish
muddatini uzaytirishga majburdirlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Butun hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilish muddatini uzaytirish yoxud unga muddatsiz tus berish idoraviy normativ-
huquqiy hujjat qonunchilik hujjatlariga, o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga, jamiyatdagi barqaror
huquqiy munosabatlarga
muvofiq bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
(119-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Dostları ilə paylaş: