Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
4-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
to‘g‘risidagi loyihani tayyorlash
39. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish tegishlicha buyruqlar yoki
qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. Muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni
yoki ularning tuzilmaviy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qoidalar mazkur Qoidalarning
 6 — 12-ilovalariga 
muvofiq buyruq
yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (o‘z kuchini yo‘qotayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik
bandlar, chiqarib tashlanayotgan xatboshilar ko‘rsatilgan holda).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi
hujjat o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qaysi tilda qabul
qilingan bo‘lsa, shu tilda qabul qilinadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining
matnida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat nomidan keyin


5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
6/34
mazkur Qoidalarning 
6 — 12-ilovalariga
muvofiq shakl bo‘yicha unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan
o‘tkazishda berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, shuningdek e’lon qilishning rasmiy manbasi ko‘rsatiladi.
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
40. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil
etsa, bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur Qoidalarning 
10
va 
11-ilovalariga
muvofiq buyruq yoki qarorga ilova ko‘rinishida
rasmiylashtiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
41. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan yoxud o‘z
kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan bo‘lsa, ushbu hujjatlar tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 
8

11a

11b 
va 
12-ilovalariga 
muvofiq buyruq yoki
qarorga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan yoxud o‘z
kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlarining o‘sib borishi bo‘yicha joylashtiriladi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin