Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning mazmunini bayon etish



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning mazmunini bayon etish
29. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani o‘z ichiga olishi hamda to‘liq va tugallangan
mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi
 tahrirga qarang.
30. Zarur holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatining ayrim qoidalari mazkur
hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining ayrim qoidalarini takrorlashga ushbu hujjatlarga havolalar qo‘llash bilan
masalani to‘laroq bayon etish uchungina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
31. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan
takrorlanmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
32. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga havola qilish ularning o‘zaro
aloqasini ko‘rsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yo‘l qo‘yiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)


5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
5/34
Oldingi
 tahrirga qarang.
33. Qonunchilik hujjatiga havola qilingan hollarda mazkur Qoidalarning
1 — 13-ilovalariga 
muvofiq uning turi, rekvizitlari va nomi
ko‘rsatilishi ham shart. Bunda, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatga havola qilinganda, uning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi ko‘rsatiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
34. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatda mavjud bo‘lmagan qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi uchun
kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan umum majburiy tusdagi hujjatga, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topilgan hujjatga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Vazirlik va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga
ularning qoidalariga umum majburiy tus bermaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga
havolalar bundan mustasno).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlari majmuiga yoki o‘rnatilgan tartibga havola qilingan holda yuridik xizmat xulosasiga tegishli qonun hujjatlar ro‘yxati
ilova qilinadi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
35. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning
qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
36. Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
og‘zaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda;
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
37. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan grammatik, orfografik
va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lmagan tushunchalar, shuningdek texnik va boshqa maxsus
tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning ta’riflari beriladi. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga
ta’rif berish zarur bo‘lgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 
1


va 
4-ilovalariga 
muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatning boshlanishida
alohida bandda ko‘rsatiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda umum qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi
mumkin.
38. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari,
uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar ko‘rinishida, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havolalar qo‘llagan holda rasmiylashtirilishi
lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy
tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umum majburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish predmeti hisoblanmaydi.
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi va mazkur Qoidalarning 
4-ilovasiga 
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin