Buyrug‘i idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/52
tarix06.06.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#125786
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
(63-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
64. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qo‘llanilishi asoslangan va
maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda ushbu loyiha bo‘yicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
65. Yuridik xizmat xulosasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
(65-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kirgan
masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat
qilgan boshqa holatlar);
b) ushbu organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) ushbu masala bo‘yicha muqaddam boshqa organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur hujjat
qabul qilinishi munosabati bilan ularni o‘zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(65-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
d) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi hamda gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va uning natijasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(65-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-
10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga
kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
66. Yuridik xizmat mavjud bo‘lmagan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosa idoraviy normativ-huquqiy hujjatni
tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning o‘rinbosari tomonidan


5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
9/34
imzolanishi mumkin.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
66
1
. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xati ilova
qilinadi.
(66
1
-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda – uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va
tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan
kutilayotgan natijalar. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi
mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga
havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish
tajribasi va qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar, tegishli qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti, ko‘rib chiqilayotgan
masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar o‘tkazilgan bo‘lsa, ijtimoiy va boshqa
tadqiqotlar ma’lumotlari;
(66
1
-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik
muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan
kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik
muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlarini) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadvalda mazkur
Qoidalarning 
12a-ilovasiga 
muvofiq ko‘rsatilishi majburiydir;
(66
1
-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘i 
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
(66
1
-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-
y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
66
2
. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan Normativ-huquqiy hujjatlar va
ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomda 
(ro‘yxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) belgilangan
tartibda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi va loyihani ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning
birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga
taqdim qilinadi.
(66
2
-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli 
buyrug‘iga 
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin