Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan obekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa qismlarining sabablari aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida qo‘llaniladi.
ABC________abc
B___________b
C___________c
____________________________ Demak, a ning sababi A bo‘lishi mumkin.
Qoldiqlar metodiga ko‘ra, agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani tashkil etuvchi hodisaning (yoki hodisa qismining) bitta holatdan boshqa holatlar bilan aloqasi zaruriy tavsifga ega bo‘lmasa, ana shu qoldiq holat mazkur hodisaning (hodisa qismining) sababi bo‘lishi mumkin.
Ilmiy induksiyaning boshqa metodlari singari qoldiqlar metodi ham ehtimoliy bilim olish vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |