Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə243/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Noaniq analogiyada xulosaning chinligini ham, yolg‘onligini ham aniqlab bo‘lmaydi. Masalan:

Xorijga ishlagani ketgan tanishlarim yaxshi yashayapti, ko‘p pul topayapti, uyidagilariga pul yuborayapti.

Men ham xorijga ishlagani borsam, yaxshi yashayman va ko‘p pul topaman.

Demak, men ham uydagilarga ko‘p pul yuboraman.

Xulosaning noaniq bo‘lishiga sabab, ko‘chirilayotgan belgi (yaxshi yashash, ko‘p pul topish) xorijga ishlagani boradiganlar uchun zaruriy emas.



Xato analogiyada tasodifiy belgilar zaruriy, doimiy xolat sifatida asos qilib olinadi. Masalan:

Avvalgi kuni behosdan tuz to‘kilib ketgani uchun uyda janjal bo‘ldi.

Hozir ham tuz to‘kilib ketdi. Demak, yana janjal bo‘ladi.

Analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, yani xulosaning chin bo‘lish ehtimolini oshirish uchun malum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:



  1. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari imkoni boricha ko‘proq aniqlanishi lozim. SHunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi.

  2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o‘xshash belgilari predmetlar uchun muhim belgilar bo‘lishi kerak. SHunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi.

  3. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari zaruriy aloqada bo‘lishi kerak. SHunda xulosaning ishonarli, aniq bo‘lish shartlari bajarilgan bo‘ladi.

  4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko‘chirilayotgan belgisi bilan o‘xshash belgilari bir turda bo‘lishi kerak.

  5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilari miqdori kam bo‘lishi va bu belgilar zaruriy, muhim bo‘lmasligi shart. Agar predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo‘ladi.

YUqoridagi qoidalarning buzilishi analogiya usuli orqali chiqarilgan xulosaning xato bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

5.Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar. Mulohazalar bilan bog‘liq xatolar.

Mulohazalarni tushunchalarning mantiqiy bog‘lanishi deb qarash mumkin. Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo‘lishi ularning to‘g‘ri va chin bo‘lishi uchun muhim ahamiyatga ega. Malumki, mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari bo‘lib, ularning o‘zaro mantiqan to‘g‘ri bog‘liqligi ham fikrning to‘g‘ri va chin bo‘lishini taminlaydi. Quyidagi xolatlarda mulohaza yolg‘on hisoblanadi:



  1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lmagan hususiyat tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 3600 ga teng);

  2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lgan hususiyat inkor qilinsa (masalan, mavali daraxtlar bahorda gullamaydi);

  3. Juziy chin bo‘lgan mulohaza bazi xolatlarda umumiy deb qabul qilinsa (masalan, “Bazi o‘quvchilar masuliyatsiz” mulohazasini “Hamma o‘quvchilar masuliyatsiz” mulohazasi bilan almashtirilsa).


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin