Bevosita argumentlash (isbotlash)da tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan mulohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va malum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan mulohaza (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb elon qilinishi, uning xalqaro miqyosda etirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.