Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Isbotlash usulining qoidasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə252/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Isbotlash usulining qoidasi:

1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur.

Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi va ular uch turga bo‘linadi:

I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar:

1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi.

2.Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb takidlash tezisning almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga tasir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi.

3.Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi.

Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni boshlamagan» degan tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yo‘q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor.



  1. Yüklə 1,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin