Bahs-munozara jarayonida mantiqiy qonun-qoidalarning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va bilmasdan yo‘l qo‘yilgan mantiqiy xato – paralogizmlar deb ataladi. Masalan: “Missioner” parologizmi. Bir missioner (dinni targ‘ib qiluvchi odam) kannibal (odamxo‘r)lar orasiga tushib qolibdi. Kanniballar uni qanday qilib eyish masalasida bahslashib qolishibdi. Bazilari qovurish kerak desa, boshqalari qaynatish kerak debdi. O‘zaro kelisha olmay bir qarorga kelishibdi. Ular missionerga: “Sen biror gap aytgin. Agar gaping to‘g‘ri bo‘lsa, seni qaynatib, noto‘g‘ri bo‘lsa, qovurib eymiz” - deyishibdi. Missioner ularga “Meni qovurib eysizlar”- deb javob beribdi.” Missionerning javobi kanniballarning o‘zaro tortishuviga sabab bo‘libdi. CHunki qovirib esalar, u to‘g‘ri gapirgan bo‘ladi va uni qaynatish kerak bo‘ladi. Agar qaynatib esalar, unda noto‘g‘ri gapirgan bo‘ladi va shartga muvofiq uni qovirish kerak bo‘ladi. Kanniballarning tortishuvidan foydalangan missioner qochib qutilibdi.
CHinligini ham, xatoligini ham birdek isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlarga esa paradoks deyiladi. Masalan, “Buning isboti yo‘qligi isbotlangan”,
“Hech qachon “hech qachon” so‘zini aytma”, “O‘yinning faqat bitta qoidasi bor, u ham bo‘lsa, hech qanday qoida yo‘q.”
YUqorida qayd etilgan holatlarni bilib olish insonga bahs- munozara jarayonida dadil ishtirok etib, o‘z qarashlarini ximoya qilishga, mustaqil nuqtai nazarga ega bo‘lishga va boshqalarning zararli tasirlaridan saqlanishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |