E Eklektika narsa va hodisalarning muhim va nomuhim aloqalarini, turli-tuman tomonlarini qo’shib qaraydigan usul.
Ekzistentsializm hozirgi zamon «yashash falsafasi».
Empirizm hissiy tajribaning rolini bo’rttirib ko’rsatadigan yo’nalish.
Estetik madaniyat insonning estetik faoliyati jarayoni, uning natijasida yaratilgan moddiy va manaviy qadriyatlar bo‘lib, shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Estetik madaniyat shaxs, millat, jamiyatning o‘zo‘zini anglashi ham demakdir. CHunki estetik madaniyatda ijtimoiy birliklarning ehtiyojlari va manfaatlari, o‘ziga xosliklari, jahon tarixida tutgan o‘rni, turli ijtimoiy tizimlarga bo‘lgan munosabati ham o‘z ifodasini topadi.