Fahm insonning aqliy qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi estetik anglash tuzilmasidagi muhim tushuncha.
Falsafa (yunoncha «fileo» — sevaman va «sofia» —donolik) donolikni sevaman. Tabiat, jamiyat, inson, uning tafakkurida amal qiluvchi eng umumiy qonunlarni o’rganuvchi fandir
Fan ilmiy bilimlar tizimidir. Fan o’zining ilmiy tushuncha uslublari va metodologiyasiga ega bo’lgan, olamni bilish va o’zlashtirishning maxsus usuli, ilmiy bilimlar tizimidir. Shuningdek, fan ijtimoiy ong shakllaridan biridir.
Faoliyat insonning o‘zini o‘rab turgan olamga faol munosabati shakli bo‘lib, uning mazmunini maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qayta qurish bilan bog‘liq xatti-harakatlar tashkil etadi.