tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish manolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunos ligida gedonizm (huzurbaxshlik talimoti) hayotning manosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan talimotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi manolarini ham anglatmoqda.
Germenevtika qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g’oyalariga asosiy diqqatini qaratadi.
Globalizatsiya deganda umumbashariy, umumsayyoraviy sivilizatsiyaning shakllanish tendensiyasi tushuniladi. Ushbu tendensiyaning asosini hozirgi zamon kishilik jamiyatini birlashtirib turgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy va kommunikatsion aloqalar tashkil etadi. Aynan ana shu aloqalar umumsayyoraviy sivilizatsiyaga tizimlilik ato etmoqda.
Gnoseologiya bilish to’g’risidagi fan muammolari bilan shug’ullangan.
Go‘zallik manaviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiymanaviy hayotda favqulodda ahamiyat kasb etuvchi tushuncha bo‘lib, narsa-hodisalarning inson tafakkurida lazzatning uyg‘unlik, meyor, hamohanglik, mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik asosida namoyon bo‘lishidir.
Gumanizm (lot.humanitas – insoniylik, insonparvarlik, inson haqida
g‘amxo‘rlik) – insonni himoya qilishga, uning huquqlariga kafillik berishni maqsad qilib olgan talimot.