Hukm predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hunuklik kishilarda noxushlik tuyg‘usini paydo qiluvchi, go‘zallik va
nafosatdan zavqlanishning ziddi bo‘lgan narsa-hodisalarni inson ongida aks etishidir. I Idealizm olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy yo’nalish.
Ijobiy hislatlar Odob saqlash, rasm - odat bo‘lib qolagan odob qoidalaridan chetga chiqmaslik hamda etika va estetika talablarini bajo keltirishdir. Odoblilik samimiyatga asoslangan bo‘lib, insonning boshqalarni hijolat qiladigan, ranjitadigan yoki quvontiradigan narsalarning hammasini anglab olishini, boshqalarning ehtiyoj – talablarini va kechinmalarini tushuna bilishini shart qilib qo‘yadi. Farosatli kishi noqulay vaziyat sodir bo‘lishini oldini olishga intiladi. CHiroyli hatti – harakatlar qoidalarini yodlab olib, unga odatlanish mumkin, lekin odob qoidalarikishidan ko‘proq narsani talab qiladi. Odobga o‘rganish uchun inson o‘zini boshqa inson o‘rniga qo‘yib ko‘rishi kerak bo‘ladi. Farosatlilik jamiyatga, insonning o‘ziga yoki birovga xavf tug‘dirmaydigan hollarda boshqalarning ishiga aralashmaslikni talab qiladi.