Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati Reja



Yüklə 31,87 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü31,87 Kb.
#131800
Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati


Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati
Reja:

  • Alisher Navoiyning ilm va ilmli kishilar haqida keltirgan fikrlari.

  • Mutafakkir qarashlarida odobning o’rni.

  • Mutaffakirning insonga hos bo’lgan ma’naviy-ahloqiy hislatlar hususidagi fikrlari.

Alisher Navoiy ilm o’rganishga intilishni inson kamolotini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta’riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g’oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga undaydi. Mutafakkir ilm o’rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e’tirof etadi. Zero, ilm o’rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo’lishini ta’minlashga hissa qo’shishdir, deya ta’kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o’z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo’lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.


Mazkur o’rinda Mirzo Ulug’bekni ana shunday xislatga ega bo’lgan kishilardan biri bo’lganligiga urg’u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to’g’rilik, rostgo’ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Mazkur o’rinda Mirzo Ulug’bekni ana shunday xislatga ega bo’lgan kishilardan biri bo’lganligiga urg’u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to’g’rilik, rostgo’ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Alisher Navoiy asarlari mazmunida o’z aksini topgan har bir fikr amaliy ahamiyatga ega, zero, mutafakkir ularni o’zining ulkan hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon etadi. Alloma uzoq yillar davomida olib borgan hayotiy kuzatishlari va tajribasi asosida «Mahbub-ul-qulub» («Ko’ngillarning sevgani») asarini yaratadi. Ushbu asarda «Xamsa» dostonining tarkibiy tuzilmasidan o’rin olgan «Hayrat-ul-abror», shuningdek, «Nazm-ul-javohir» kabi ta’limiy-axloqiy asarlarida ilgari surilgan axloqiy qarashlarni mazmun jihatidan yanada boyitadi.
Mutafakkir «Mahbub-ul-qulub» asarini yozishdan ko’zlagan asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi tarzda ochib bergan: «Har ko’cha-ko’yda yuguribman va olam ahlidin har xil kishilarga o’zimni yetkazibman. Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini tajriba qilibman.
Mutafakkir «Mahbub-ul-qulub» asarini yozishdan ko’zlagan asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi tarzda ochib bergan: «Har ko’cha-ko’yda yuguribman va olam ahlidin har xil kishilarga o’zimni yetkazibman. Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini tajriba qilibman.
Bu hildagi hamsuhbat va do’stlarni xabardor qilmoq va bu hollardan ogohlantirmoq lozim ko’rinadiki, har toifaning xislatlaridan ma’lumotlari va har tabaqaning ahvolidin bilimlari bo’lsin, keyin munosib kishilar xizmatiga yugursinlar va nomunosib odamlar suhbatidan tortinishni zarur bilsinlar va barcha odamlar bilan maxfiy sirlardan so’z ochmasinlar. SHayton sifatlar hiyla va aldovlariga o’yinchoq bo’lib qolmasinlar. Kimki har xil kishilar bilan suhbatlashish va yaqinlashishni havas qilsa, bu borada kaminaning tajribasi yoshlar uchun yetarlidir”. Alisher Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o’rni, bilimlarni o’rganish asosida hosil bo’lgan aql va idrokning inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va uning mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so’z yuritadi hamda mazkur sifatlarning har biriga to’laqonli ta’rif berib o’tadi. Qanoat, sabr, tavoze (adab), o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbatli bo’lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillik (hilm) kabi xislatlarni ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta’rif berganidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar bilan to’ldiradi. Asarda, shuningdek, axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan.
Alisher Navoiy ilm-fanning inson kamolotidagi o’rni, bilimlarni o’rganish asosida hosil bo’lgan aql va idrokning inson hayotidagi ahamiyati hamda aqliy tarbiya va uning mohiyatini yoritishga alohida e’tibor qaratadi. Alloma insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlari xususida so’z yuritadi hamda mazkur sifatlarning har biriga to’laqonli ta’rif berib o’tadi. Qanoat, sabr, tavoze (adab), o’zgalarga nisbatan mehr-muhabbatli bo’lish, ishqda vafodorlik, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillik (hilm) kabi xislatlarni ijobiy fazilatlar sirasiga kiritadi va ularning har biriga ta’rif berganidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida shaxsiy qarashlarini dalillar bilan to’ldiradi. Asarda, shuningdek, axloqiy fazilatlarning antonimi hisoblangan salbiy illatlar va ulardan qutulish yo’llari ham bayon etilgan.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo’lishga yordam beradi. Odobga ega bo’lishning inson hayotidagi rolini ko’rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: «Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi.
Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo’lish insonga atrofdagi kishilar o’rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo’lishga yordam beradi. Odobga ega bo’lishning inson hayotidagi rolini ko’rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: «Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi. Yoshlarni ko’zga ulug’ ko’rsatadi. Ularning yurish-turishini xalq ulug’vor biladi. O’ziga qarshi xalq tomonidan bo’ladigan hurmatsizlik eshigini bog’laydi va kishini hazil-mazaxdan va kamsitilishidan saqlaydi. Kishi tabiatini insonlik yo’liga soladi va odam mijoziga odamgarchilik manzilida orom beradi. Kichiklarga undan muncha natija hosil bo’lgach, kattalarga allaqachon bo’lishini ko’rarsan.
Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavozu’ do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi.Adabdan muhabbatga bezak va pardoz yetadi, adab tarkidan do’stlikning ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavozu’ do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki tomondan yorug’lik yetkazadi.
Tazozu’li va adablilarga ta’zim va hurmat yetadi va u urug’ni ekkan bu qimmatbaho hosilni to’plab oladi. Xalq muomalasida yaxshi axloqning boshlang’ichi shu xislatlar va bu xislat qattiq o’rnashsa, muhabbatga xalal yetishi maholdir. Agar har ikki tomonda yaxshi xulq bo’lsa, adabi va tavozu’ evaziga ta’zim paydo bo’ladi». Demak, yaxshi xulqning asosi bo’lgan odob Alisher Navoiyning talqinida barcha insoniy xislatlarning bosh bo’g’ini sanaladi.
Qanoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, «qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi. Xazinadir – naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkizadi.
Qanoat, sabr, tavoze, ishq, vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, hilm (yumshoq ko’ngillik) kabi ijobiy fazilatlarning odobli, axloqli kishilar qiyofasidagina namoyon bo’lishiga urg’u berib o’tadi. Mutafakkir insonga xos bo’lgan ma’naviy-axloqiy xislatlar xususidagi fikrlarini ularning har biriga to’laqonli ta’rif berish asosida davom ettiradi. Chunonchi, «qanoat – buloqdir – suvi olgan bilan qurimaydi. Xazinadir – naqdinasi sochilgani bilan kamaymaydir. Ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradir. Daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi yetkizadi.
Kimki, qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo’ladi qanoat qo’rg’ondir, u yerga kirsang nafs yomonligidan qutularsan, tog’liklardir – u yerga chiqsang dushman va do’stga qaramlikdan xalos bo’larsan; tubanlashishdir – natijasi yuksaklik; zoriqishlikdir – foydasi ehtiyotkorlik urug’ining mevasi farovonlik».
U o’rtoqdir – suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
U o’rtoqdir – suhbati zeriktirarli, ammo maqsadga olib boruvchi; u ulfatdir – umidi uzun, ammo oxiri istakka eltuvchi.
Ulovdir – yurishi taxir, ammo manzilga yetkazuvchi; tuyadir – qadami og’ir, lekin bekatga tushirguvchi.
Achchiq so’zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminida maqsad hosil bo’ladi. Badxo’r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so’ngida sog’liq yuz beradi».
Yuqorida bayon etilgan fikrlar mazmunidan anglanadiki, alloma o’z davrida ilm olish tamoyillarini to’g’ri ko’rsatib, shuningdek, ta’lim tizimi mohiyatini ham yoritib bera olgan. Alisher Navoiy tomonidan asoslangan ta’lim tizimi o’zida quyidagilarni aks ettiradi: maktab yoki madrasada tahsil olish; olim, hunarmand yoki san’atkorlarga shogird tushish asosida ta’lim olish;` mustaqil ravishda ilm o’rganish.
Alisher Navoiy (1441-1501). To’liq ismi – Nizomiddin Alisher Navoiy. U Hirotda tug’ilib, shu yerda yashab ulg’ayadi. Bolaligidan adabiyot va badiiy ijodga muhabbati baland edi, she’r tinglashni va o’qishni juda sevgan. Alisher Hirotda va Mashhadda o’qigan, mantiq, falsafa, musiqa, husnixat va boshqa fanlarni, arab, fors tillarini o’rgangan. 15 yoshida xalq orasida iste’dodli shoir sifatida tanilgan. Ustozlari: Mir Sayyid Qobuliy (tog’asi), Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Ali G’aribiy, Abullays Samarqandiy. Shogirdlari: Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Sultonali Mashhadiy, Ustod Noiy, Abdulloh Husayniy va h.k. Asarlari: «Hamsa»: «Hayrat ul-abror» (1483), «Farhod va Shirin» (1484), «Layli va Majnun» (1484), «Sab’ai sayyor» (1484), «Sadi Iskandariy» (1485); «Xazoin ul-maoniy» (1491-1498), «Muhokamat ul-lug’atayn» (1499), «Badoyi ul-bidoye» (1500), «Majolis un-nafoiy», «Mahbub ul-qulub», «Lison ut-tayr», «Nasoyim ul-muhabbat», «Nazmul javohir». Navoiy o’z asarlarida komil inson obrazini talqin etadi. Uning asar qahramonlari jismonan ko’rkam, go’zal bo’lish bilan birgalikda ma’nan yetuk, axloqan barkamol shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo’llari, usullarini bayon etdi. U o’z davrining ilg’or, ma’rifatparvar allomasi sifatida islomdagi ta’lim-tarbiya aqidalari, o’zidan ilgari o’tgan mutafakkirlarning qarashlarini an’anaviy tarzda davom ettirdi. Ayniqsa, inson kamolotida ilm-fanning o’rni, aql-idrokning ahamiyati, aqliy tarbiyaning mohiyatini yoritib berdi. Navoiy tasavvurlaridagi komil insonga xos bo’lgan eng yuksak fazilatlarga: ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga muhabbat kiradi. Chunki, baxtli hayotga intilgan Navoiy fikricha, oqil, qobiliyatli, dono inson o’zining kuch-quvvatiga, aqlu zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong’ilikni yoritadigan chiroq, hayot yo’lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko’rsatadigan omil sifatida ta’riflaydi. Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan qanoatlanib qolmasligi, balki u yana sabr-toqat, saxiylik, himmatli, tg’rilik, rostgo’ylik, tavoze’, adab, ishq va vafo hamda shu singari fazilatlarga ham ega bo’lishi lozimligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Alisher Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida o’zining axloqiy qarashlarini bayon qilgan. U haqiqiy insonni – sof vijdonli, pok, mehnatsevar, saxovatli, insofli, odobli, kamtar, xayoli, muruvvatli shaxs deb hisoblaydi. Bunday xislatlarni odamlarda tarkib toptirish uchun esa ularda ana shu olijanob xislatlarni tarbiyalash lozim deydi. Asarda Navoiy mamlakatda tinchlik, osoyishtalik, obodonchilik bo’lishi uchun podshoh adolatli bo’lishi lozim, deb ta’kidlaydi, shundagina xalq ham shohga qarab insof bilan ish yuritadi, deb uqtirdi. Navoiy insonning axloqiy xislatlari, yaxshi xulq-atvor xususida to’xtalib o’tar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning ta’rifini beradi.
U yaxshi fe’llarga qanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq va vafo, saxovat, himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko’ngillilik (hilm) kabi xislatlarni kiritib, har birining ta’rifidan so’ng tanbeh va hikoyatlar vositasida o’z fikrini to’ldiradi. Navoiy yuqorida zikr qilib o’tilgan xislatlarga ta’rif berish bilan birga ularga qarama-qarshi bo’lgan yomon illatlar to’g’risida so’z yuritadi va ulardan qutilish yo’llarini ham bayon qiladi. Alloma axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar ekan: «Adab kichik yoshdagilarni ulug’lar duosiga sazovor etadi va u duo barokati bilan umrbod bahramand bo’ladi. Adab kichkinalar mehrini ulug’lar ko’ngliga soladi va u muhabbat ko’ngilda abadiy qoladi». Alisher Navoiy asarlarida ilm odobi, jamiyat boshqaruv odobi, adolatli boshliq odobi masalalari yuqori o’rinda turgan. Ta’lim jarayonida Navoiy asarlaridan foydalanish natijasida talabalarda barcha ijobiy axloqiy fazilatlar yuksaltirish mumkin.
O`tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o`gitlari, tafakkur mevalari, ijodiy yutuqlarini o`rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan bir qatorda, yosh avlodning barkamol inson bo`lib yetishishida muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq murafakkirlaridan biri, o`zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o`rganish, undan ta’limtarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs , milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g`ururi ,sha`n –u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z sa`natkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa , olamda turkey va forsiy tilde so`zlovchi biron bir inson yo`qki , u Navoiy sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa , “Agar bu ulug` zotni avliyo desak , mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni ”, I.A .Karimov Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo`lsa ham, o`zining bu haqidagi fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’limtarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o`qituvchi- pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi, o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim.
Muomala madaniyati, o`zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo`ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor “Bola – shirin so`zning gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so`z ko`ngillar uchun bamisoli asaldir”. Shuning uchun ham o`qituvchi har on nutq madaniyatiga qattiq e’tibor berishi, o`zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. O`qituvchi o`zining pedagogik faoliyatida to`g`riso`z bo`lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tarbiyachi bilan o`quvchi o`rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir.Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o`rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo`lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz.Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma’lumotli, o`qitish yo`llarini biladigan muallim bo`lishi zarur, deydi.
Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o`ta qattiqqo`l, jo-hil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o`rgangan, g`azabli, qoshi chimirilgan,gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning ko`pchiligida ko`ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo`li bilan bolalar ko`nglini o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do`q-po`pisa bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik, yosh bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas.
Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o`rgatadi. Darhaqiqat, mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach podshohlik martabasiga erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: “Uning ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi, ko`rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlar bo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilimva donishmandlik insonning bezagidir”, deb yozadi. Alisher Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o‘zilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi.
Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi. Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul, Dona sochib ko‘tarmadi mahsul. Olim bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olim-u fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan kurash, uni oxirigacha yetkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi.
Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi. Alloma yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar hamda ustoz murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda, hurmatda bo‘ladilar, deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin.
Chunki ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan buyuk pedagogdir.Chunki boqiy hayotga intilgan Navoiy fikricha, dono inson o`zining kuchquvvatiga aql-u zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning ahamiyatini yoritib berar ekan, ilmni qorong`ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo`lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko`rsa-tadigan olim sifatida ta’riflaydi. Bu fikrni “Nazm ul-javohir” asarida: Kim olim esa nuqtada barhak de oni, Gap bazm tuzar bihishti mutlah de oni, Har kimsaki yo`q ilmga anga ahmoq de oni, Majlisdaki ilm bo`lsa uchmas de oni. Yoki ilmli, aqlli odam o`z maqsadiga erishish uchun har qanday qiyinchilikka ham chidaydi, kim ilmni o`ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, xor bo`lmaydi va ilmning vazifasi inson baxt-saodatiga xizmat qilishdir, deb ta’kidlaydi.
Demak, Alisher Navoiy o`zining badiiy asarlari bilan bir qatorda ta’limiy–axloqiy asarlarida o`zi orzu etgan komil insonga xos axloqiy fazilatlari deb qanoat, adolat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to`g`rilik, rostgo`ylik va boshqalarni tushungan, ana shu xislatlar tarkib topgan insonga yomonlik razillik bo`lmasligi, bunday inson yashagan jamiyat ham ravnaq topishi, barcha xalq baxt-saodatga erishish mumkin, deb hisoblagan.Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo`lishga da`vat etadi hamda hamda axloqni bunday ta`riflaydi . “Ahloq shaxsning og`ir baqolig` libosidir va libos jismning sangin debosi .
Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir ” Alisher Navoiyhikmatlaridan olam –olam ma`no mujassamdir . Uning hikmatlarida ilm – ma`rifat , mehr – oqibat , insoniylik kabi masalalar markaziy o`rinni egallaydi . Birov kim qilsa olimlarga ta`zim , Qilur go`yoki payg`ambarga ta`zim . Shoir olim ahlini qadrlaydi , ulug`laydi . Olimlarga ta`zim qilish – payg`ambarga ta`zim qilish bilan barobar ekanligini ta`kidlaydi . Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning komil insonni shakllantirishga oid fikrlari, uning ta’limiy-axloqiy qarashlari pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.Allomaning pedagogik qarashlari o`zidan oldin o`tgan olimlarning bu boradagi ilg`or ta’limotiga, shuningdek, komil insonni tarbiyalashga oid an’anaviy Sharq xalqlari ta’lim-tarbiya yo`riqlariga asoslanadi.Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko`rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik tarixiylik kabi talablarni asos qilib oladi. O`z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi.
Alisher Navoiyning nasriy asarlari Xuroson va Movaraunnahrda yaratilgan fors va qadimgi o'zbek tilidagi turli janr va har xil mavzudagi nasriy asarlar zaminida yuzaga keldi. Lekin Navoiy buyuk daho sifatida shunday asrlar yozdiki, ularda, bir tomondan, fors-tojik adabiyotidagi nasr ilg'or an'analarining yangicha talqini va ravnaqi o'z aksini topdi. Ikkinchidan, o'zbek tilida nasrning nazmga nisbatan bir muncha sust rivojini nazarda tutgani, shunungdek, nasrning imkoniyatlari nazmga nisbatan anchayin kengligini chuqur tushungani holda Navoiy o'zbek adabiyotini o'n beshga yaqin nasriy asarlar bilan boyitdi.
Navoiygacha bo'lgan fors tilidagi nasr asosan tarixchilar tomonidan, qisman esa didaktik va ilmiy yoki yarim ilmiy adabiyotda qo'llandi.
Bu davrdagi o'zbek tilidagi nasrning shakllanishi va taraqqiyoti Alisher Navoiy nomi bilan bog'liqdir.
Navoiy o'z nasriy asarlarini yaratar ekan, hech shubhasizki, o'zigacha bo'lgan va o'z davridagi nasrning eng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirib, o'z ona tilida ulardagi ilg'or traditsiyalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat bilan qaradi.
Alisher Navoiy o'zining barcha nasriy asarlarini "Vaqfiya"ni istisno qilganda (bu asar 1481-1482 yillarda yozilgan), umrining so'nggi o'n yilida yaratgan. Ularning umumiy manzarasi quyidagichadir:
1.Biografik-memuar xarakterdagi "Holoti Sayyid Hasn", Holoti ,Pahlavon Muhammad", "Xamsat ulmutahayyirin".
2.Ilmiy-filologik xarakterdagi "Majolis un-nafois", "Muhokamat ul-lug'atayn", "Mezon ul-avzon", "Risolai mufradot".
3.Tarix, tasavvuf va din tarixiga oid "Tarixi muluki Ajam", "Nasoyim ul-muhabbat", "Tarixi anbiyo va "hukamo", "Vaqfiya".
4.Insho san'ati-epistolyar proza namunasi- "Munshoot".
5.Ijtimoiy-siyosiy va didaktik xarakterdagi "Mahbub ul-qulub".
"Haloti Sayyid Hasan Ardasher", "Haloti Pahlavon Muhammad", "Hamsat ul-mutahayyirin"-Navoiyning biografik memuar xarakterdagi asarlaridir.
Bu uch asar Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o'ynagan davrning madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyatida muhim rol o'ynagan davrning madaniyati tarixida o'chmas iz qoldirgan. Navoiyga yaqin siymolar, uning hamfikr do'stlari, ustoz va murabbiylariga bag'ishlanib, ularning vafotidan keyin yozilgan.
Navoiy bu asarlarida ana shu uch madaniyat arbobining ma'lum jarajada ijodiy va ijtimoiy biografiyalarini yaratadi, ular bilan o'zining har sohadagi hamkorligi, muloqatlari haqida hikoya qiladi.
Sayyid Hasan Ardasherga bag'ishlangan risola 896| 1490-91 yilda uning vafotidan ikki yil keyin yozilgan.
Sayyid Hasan bilan Navoiy 860|1455-56 yilda birinchi marta uchrashgan va umrining oxiriga qadar yaqin do'st bo'lib qolgan. U 821|1425-26 yilda tug'ilgan bo'lib, uning otasi shoh Boysung'ur Mirzo saroyida qushbegilik lavozimida ishlagan. Sayyid Hasan arab tili, tilshunoslik, ritorika, fikh, she'riyat, tarix, astornomiya, muzika bo'yicha o'z davrining eng bilimdon kishisi bo'lgan. Navoiy so'zi bilan aytganda: "ko'prak zamonning tab' va fazl ahliga foyiq va sarafroz bo'libdurlar". U tabiatan g'oyat kamtar, mansabparastlikni, amaldorlikni xush ko'rmas, shaxsiy manfaatini kuzlab hukmdorlarga mute bo'lib xizmat qilishdan nafratlanar edi.
Sayyid Hasan Navoiy tarbiyasida yaqindan ishtirok etgan, keyinchalik ham uni doim ijod qilishga undar, o'rni-o'rni bilan hamdardlik va sirdoshlik qilar edi. U dunyoviy she'riyatni juda ham sevar, ko'p she'rlarni, xususan Navoiy g'azallarini yoddan o'qir, ayniqsa Hofiz ijodiga ishtiyoqi baland edi. Navoiy ana shunday siymoga hurmat va ixlos bog'lagani tabiiy albatta.
"Holoti Sayyid Hasan Ardasher" risolasida Navoiy yuqorida tilga olinganlarni birma-bir bayon etadi. U Sayyid Hasanning Husayn Boyqaro taxtga chiqqanidan boshlab uning xizmatida bo'lganini, lekin shohning iltifot va e'tiboriga qaramay xizmatni tark etkanini xabar qiladi.
Navoiy Sayyid Hasan xarakteridagi bir qirrani bo'rttirib ko'rsatib o'tadi. U katta-kichikka barobar, qo'lidan kelganicha birovga yaxshilik qilishga intiluvchi, boshqadan esa hech narsa tama' qilmaydigan shaxs bo'lgan:
Bulardan ko'rinadiki, Jomiy davlat ishlari boshida Navoiydek xalqparvar, oqil arbobning turishini istar edi. U Navoiy siymosida mehnat ahli farovonligi va mamlakat osoyishtaligi yo'lida uhdador davlat arbobini, tolmas muboriz donishmandni ko'rar edi va unga maslahat, o'gitlari bilan madadkor bo'lishni o'z burchi deb bilar edi. Ayni choqda, Jomiy Navoiyning oliyjanob intilishlari, ulkan orzulari ro'ybga chiqmagan yoki benihoya mushkil, mashaqqatli harakatlari ko'ngildagidek natijalar bermaganini, bunday hollarda Navoiyning nihoyatda dilgir bo'lib, tushkunlikka tushib ketishligini ham chuqur idrok etar, uning dardiga hamdard bo'lishdan, unga taskin va tasallilar berishdan charchamas edi. Ba'zida esa uning e'tiborini ijod ishlariga tortar edi.Bu nomalarning g'oyaviy-badiiy va sotsial tarixiy ahamiyati juda kattadir. Ular Sharq insho san'ati tarixi hamda adabiyotshunoslikda Navoiy va Jomiyning shaxsiyatini o'rganish uchun muhim manba'dir."Xamsat ul-mutahayyirin"ning uchinchi qismida Navoiy va Jomiyning ijodiy faoliyatidagi hamfikirliklari bayon etiladi, ularning bir-birlari tavsiyalari bilan yaratgan, bir-birlariga, bag'ishlangan asarlari, Jomiy dostonlaridagi Navoiy shaxsiyati va ijodi haqidagi mulohaza va baholari, Navoiy dostonlarida ham Jomiy sha'niga bitilgan parchalar keltiriladi.
Yüklə 31,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin