Mavzu Kiyim o‘lchamlari konstruksiyasining xususiyatlari.
EMKO bo`yicha kiyim konstruktiv tuzilishining asosiy turlari.
Kiyimning shakli va ichki razmerlari.
Kiyimning ichki razmerlari va odam tanasi tashqi razmerlari orasidagi mutanosiblik.
Kiyim shaklini hosil qilish vositalari. Kiyim detallarining konstruksiyasini tuzishda qo‘llanadigan barcha uslublar dastlabki ma’lumotlarga bog‘liq holda ikki yirik sinfga bo‘linadi: birinchi sinfni tashkil etuvchi uslublar tipaviy qomatlar o‘lchamlarida, qo‘shimchalarda, detallarning tipaviy bolinishlari va ularning shaklla- nish usullarida detallarga oid konstruktiv nuqtalarning taqribiy joyla- nishini aniqlashga yordam beradi.
Ikkinchi sinfga doir uslublar kiyimga oid etalon — namunaning bevosita qobiq yuzasini o'lchab, detallar yoyilmasini qurishga asos- langan. Bu sinf tarkibiga grafik va analitik kesuvchi tekisliklar usuli va Chebishev to‘rida kiyim detallarining yoyilmasini konstruksiyalash kiradi.
0‘z navbatida ikkinchi sinf uslublari yordamida kiyim konstruksiyasi turli usullarda bajarilishi mumkin.
Masalan, Chebishev to'rida kiyim detallari yoyilmasini konstruksiyalash uslubini besh xil usulda bajarish imkoniyati bor: grafik usul, maxsus yordamchi to'rlar usuli, yassi akslar joylashmasi, kom- inatsiyalashtirilgan (ya’ni yordamchi to'rni va ayrim nazorat nuqtalar oordinatalarini analitik hisoblash) usuli, analitik usul
Kiyim tayanch uchastkalari. Kiyimning bel va yelkali kiyimlarga bo`linishi.
Kiyim konstruksiyasini tuzishda quyidagi asosiy grafik usullarga oid chizma qurish elementlari qo‘llanadi: kiyimning gabarit o'lcham- larini aniqlaydigan gorizontal va vertikal chiziqlardan tuzilgan bazis to‘ri, konstruktiv nuqtalarning joyini yoylar usuli yordamida aniqlash; lekalolarga oid egri chiziqlarni o‘tkazish, radiusografiya va proyektiv diskriminant yordamida ikkinchi darajali egri chiziqlarni qurish usullari.
Gorizontal va vertikal chiziqlardan tuzilgan bazis to‘ri turli
kiyimlarning asosiy konstruktiv c2h9iziqlaridan tanada joylashishiga mos holda muayyan raqamli belgilarga ega bo‘lib, tanada joylashishiga qarab turli kiyimlarning asosiy konstruktiv chiziqlariga xos umumiy tuzilish sxemasidan olinishi mumkin (2.1-rasm).
Gorizontal va vertikal chiziqlar to'rsimon tizimi tananing ostki va tepa qismlariga moMjallangan kiyim detallari yoyilmasining gabaritlarini aniqlaydi (2.1- jadval).
Odam tanasi yuzasida hamda chizmada joylashishiga muvofiq asosiy gorizontal va vertikal chiziqlarning nomlari va belgilanishi
|
|
Gorizontal
|
Vertikal
|
Yuqori chiziq Bo‘yin — yelka
chizig'i
Kurak chizig‘i Ko‘krak-qo‘ltiq
osti chizig‘i
Bel chizig'i (yengda — tirsakchizig‘i)
|
Orqa o‘rta
chiziq
Yondan bo'yin asosi chizig'i
Orqa bo'lak
o'mizi
Yon chizig'i, yengda — ichkari
|
|
0‘tqazma yeng gabaritlarini aniqlaydigan konstruktiv chiziqlar to‘rida gorizontal chiziqlar nomlari quyidagicha farqlanadi: 1 — yelka chizig‘i yoki yeng qiyamasining balandligi; 3 — qo'ltiq osti chizig'i yoki o'miz chuqurligi; 4 — tirsak chizig'i; 9 — yeng uchi chizig'i. Vertikal chiziqlar: 5 va 3 ketma-ket tayyor holdagi yengning old va orqa buklanish chiziqlari; 4 — old yoki tirsak choklari chiziqlari, old va orqa bo'laklarining asosiy konstruksiyadagi yon chiziqlari
2.1-rasm. Konstruktiv nuqtalarni belgilash sxemasi.
2.2-rasm. Tananing yuqori qismiga mos kiyim bazis to‘rining chiziqlari:
31
a — orqa va old boiaklarga oid; b — yengga oid.
Tananing pastki qismiga mo'ljallangan detallar yoyilmasiga aloqador o‘lchamlarni aniqlaydigan dastlabki gorizontal va vertikal chiziqlarning tizimida (2.3- rasm) 4 — yuqori gorizontal chiziq — bel chizig‘i; 9 — pastki gorizontal chiziq — etak chizig‘i, shimda esa — pocha chizig'i. Yubka va shim bazis to‘rlarida 5 —
bo‘ksa chizig‘i. Shim detallarining yoyilmasini qurish maqsadida bazis to‘rida qo'shimcha 6 — dumba osti chizig'i va 7 — tizza chiziqlari o'tkaziladi. Asosiy dastlabki vertikal chiziqlar: 1 — orqa o'rta chiziq, yon chizig'i — 4 va old o'rta chiziq7. Shimda 2 — orqa va 6 — old buklangan ziylar chizig'i; 8 — ichkari qadam chizig'i.
Dostları ilə paylaş: |