Nazariy qism Kesish elementlari. Yo‘nishda kesish ma’romlari elementlarini hisoblash 2 xil usulda hisoblanadi. 1-jadvallar usuli. 2-analitik usul.
1-jadvallar usuli –– bu Davlat standartlari ma’lumotnomalarida keltirilgan jadvallarda keltirilgan qiymatlardan tanlab olinib hisoblanadi.
2-analitik usuli –– bu kesish jarayonida hosil bo‘ladigan boshqa omillarni ham inobatga olib ma’lumotnomalardan foydalanilib kesish maromlari elementlari hisoblanadi.
Kesish maromlari elementlariga quyidagilar kiradi.
Harakat tezligi (kesish tezligi) Vkes zagatovka aylanishining chiziqli tezligi (asosiy harakat tezligi) Vayl va surish tezligi (yordamchi harakat tezligi) Vsur dan iborat bo‘ladi.
Bundan tashqari surishni kesuvchi qirralarining ikkita ketma-ket holatlari orasidagi masofa sifatida ham aniqlash mumkin. Kesish chuqurligi t ishlanayotgan va ishlangan yuza orasidagi keskichni yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda o‘lchangan masofadir.
Yo‘nishda kesish chuqurligi (t) quyidagicha aniqlanadi:
. (1)
Bu yerda,
D-ishlov beriladigan yuza diametri; mm
d-ishlov berilgan yuza diametri; mm
1-rasm. Kesish elementlari va yuzalari. 1-ishlanayotgan yuza, 2-ishlangan yuza, 3- kesish yuzasi Kesib ishlov berishda asosiy harakat tezligi (v) quyidagicha aniqlanadi:
V=Vj ·K1 ·K2 ·K3, m/daq (3)
bu yerda: Vj – tezlikning qiymati; m/daq ([4], Karta T-4, 29-31 b)
K1 – materialga bog‘liq koeffitsient; ([4], Karta T-4, 32 b)
K2 – turg‘unlikka bog‘liq koeffitsient; ([4], Karta T-4, 33 b)
K3 – ishlov berish turiga bog‘liq koeffitsient; ([4], Karta T-4, 34 b)
Kesib ishlov berishda shpindelning aylanishlar soni (n) quyidagicha aniqlanadi:
Kesib ishlov berishda keskichni surish (vs) harakat tezligini quyidagicha aniqlanadi:
Surish miqdori S – zagotovkani yoki kesuvchi asbobni bir vaqt ichida asosiy harakat tomon siljish miqdori. Surish yo‘nalishi har xil bo‘lishi mumkin. Yo‘nishda – bo‘ylama, ko‘ndalang, burchak ostida; randalashda – gorizontal, vertikal, burchak ostida; urib ishlashda – bo‘ylama, ko‘ndalang, aylanma bo‘lishi mumkin.
Surish miqdori quyidagi birliklar bilan o‘lchanadi: m/rad (mm/ayl) – asosiy harakatni aylanishdagi surish miqdori; m/ikki marta yurish (mm/ikki marta yurish); m/tishga (mm/tishga); m/sek (mm/min). SHpindelning aylanishlar soni aniqlangandan so‘ng kesish uchun Pz kesish kuchini aniqlanadi. kesish kuchi quyidagi formula orqali aniqlanadi.
bu yerda: Pzjad – jadval bo‘yicha aniqlangan kesish kuchi qiymati; kN ([4], Karta T-5, 35 b)
K1 – ishlov berilayotgan materiala bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; ([4], Karta T-5, 36 b)
K2 – Kesish tezligi va kesuvchi asbobga bog‘liq bo‘lgan koeffitsient; ([4], Karta T-5, 36 b)
Kesish kuchi aniqlangandan so‘ng kesish quvvati aniqlanadi.
bu yerda: Njad – jadval bo‘yicha kesish quvvati; kVt ([4], Karta A-5, 70-72 b)
KN – materialga bog‘liq koeffitsient; ([4], Karta A-5, 72 b)
t – kesish chuqurligi; mm
v – haqiqiy kesish tezligi, m/daq
Mexanik ishlov berishda asosiy vaqt quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda,
Lkes – kesish yo‘li uzunligi; mm
y – kesuvchi asbobning kirish va chiqish uzunligi; mm ([4], 3-P, 300 b)
Lq – kesuvchi asbobning qo‘shimcha yurish yo‘li; mm