8 – amaliy mashg’ulot Tokarlik vintqirqish dastgohining tuzilishi va sozlanishi



Yüklə 488,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix04.10.2023
ölçüsü488,2 Kb.
#152258
  1   2
096-105



8 – amaliy mashg’ulot 
 
Tokarlik vintqirqish dastgohining tuzilishi va sozlanishi. 
 
 
1.8.1-rasm. 
16K20 rusumli tokarlik vintqirqish dastgohi
 
16K20 rusumli tokarlik vintqirqish dastgoh hamma tokarlik operatsiyalarni
parmalash ishlarini hamda besh xil (metrik, dyuymli, modulli, pitch va arximed)
rezbalarni ochish imkoniyatini beradi. Boshqa dastgohlardan shpindelning bikrligi 
bilan ajraladi. 
Shpindelning tezliklar soni – 23, aylanishlar tezligini 12,5ayl/min 2000 ayl/min 
gacha o’zgartirish mumkinligi dastqohni keng imkoniyatlarini ko’rsatadi. Dvigatel 
quvvati – 10 kVt teng va bunday yuqori quvvat hamda tezliklarni keng doirada 
o’zgartirish mumkinligi dastgohni yuqori samaradorligini ta’minlaydi. 
Ishdan maqsadi
. 16K20 dastgohining asosiy qism va mehanizmlari bilan
tanishish. Dastgohni boshqarishni va sozlashni o‘rganish. 

Topshiriq
. 1. 16K20 dastgohining bosh harakati (1.8.2-rasm) tahlil qiling (vallar 
soni, tishli uzatmalarni bir-biriga ilashishi, tishli g’ildirak bloklarning vazifasi, to’g’ri va 
teskari harakatlar kinematikasi). 


2. Variantda berilgan xomaki diametri D va kesish tezligi V bo’yicha 
shpindelning aylanish nezligini aniqlang va dastgohda mavjud aylanishlar tezligini 
yozib oling. 
3. Tezliklar grafigidan variant bo’yicha shpindelning aylanish tezligi grafigini 
chizing (1.8.4-rasm). 
4. Ushbu grafik bo’yicha kinematik zanjir tenglamasini tuzing. 
Umumiy ma’lumotlar 
 
Mashinasozlikda va metallqirishda tokarlik dastgohlari silindr va konus ichki 
hamda tashqi yuzalarni yo‘nishda, xomakini yonidan teshiklarni parmalashda va 
kengaytirishda, metrik, modulli va dyuymli rezba qirqishda keng ishlatiladi. 
Tokarlik dastgohining qismlari va mehanizmlarining vazifasi. 
1.8.2-rasm. Tokarlik dastgohni tuzilishi 


Tokarlik dastgohning asosiy qismlari 1.8.2-rasmda keltirilgan. 
Stanina va uning tumbalari dastgohning barcha qismlarini o‘rnatish va 
mahkamlash uchun mo‘ljanlangan. 
Oldingi babka staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib mahkanlangan va unga tezliklar 
qutisi o‘rnatilgan. Tezliklar qutisidan shpindelga har-xil aylanishlar soni uzatiladi. 
Surishlar qutisi - reversiv mehanizm va almashtiruvchi g‘ildiraklar orqali 
tezliklar qutisidan harakat oladi. Surishlar qutisi surish qiymatlarni o‘zgartirish va har 
hil qadamli rezьbalar ochish uchun hizmat qiladi. 
Ketingi babka staninanig o‘ng tomoniga o‘rnatilgan bo‘lib markazlar orasida 
siqilib yo‘niladigan homakilarni tutib turish va homakining yon tomonidan teshikka 
ishlov berishda ishlatiladi. 
Fartuk surish valning va surish vintning aylamma harakatini supportning to‘g‘ri 
chiziqli ilgarilanma harakatiga keltirish uchun mo‘ljanlangan. 
Support ustiga keskich tutqich va bo‘ylama surish mehanizmi o‘rnatilgan 
bo‘ladi. 
16K20 tokar- vintkir_ish dastgohining kiskacha tehnik tavsifi. 

Homakining eng katta diametri ............... 200 mm 


Homakining eng katta uzunligi ............... 1400 mm 
Dvigatelь quvvati ...................................... 10 kVt 
Shpindelning minutiga aylanishlar sonlari, ayl/min: 12,5; 16; 20; 25; 31,5; 40;
50; 63; 80; 100; 125; 160; 200; 250; 315; 400; 500; 630; 800; 1000;
1250; 1600; 2000. 
Bosh harakatni yuritmasi uch fazali tokda ishlaydigan asinxron elektrodvigatel va 
mexanikaviy tezliklar qutidan iborat (1.8.3-rasm). Harakat aylanishlar soni 
n
dv
=1460ayl/minga teng bo’lgan M elektrodvigateldan shkiv diametrlari 160 va 268mm 
teng bo’lgan ponasimon tasmali uzatma orqali tezliklar qutisini I valiga uzatiladi. Bu 
valda shpindelni to’g’ri aylanishini ta’minlaydigan tishlar soni z=56 va z=51 va teskari 
aylanishini ta’minlaydigan z=50 ga teng tishli g’ildiraklar o’rnatilgan. 
To’g’ri va teskari alanishlar M
1
friktsion mufta yordamida amalga oshadi. 
III val ikkita aylanishni z=34 yoki z=39 g’ldiraklardan oladi. Keyin z=29, z=21 
yoki z=38 g’ldiraklarni tegishli ravishda uchtalik blokni tashkil qiladigan z=47, z=55 
yoki z=38 g’idiralklar bilan ilashish natijasida harakat (aylaniah) IV valga uzatiladi. 
IV valdan harakat bevosita shpindelga z=60 yoki z=30 tishli g’ildiraklardan z=48, 
z=60 g’ildiraklar bilan ilashish orqali yoki V va VI vallardan quyidagi guruh


orqali uzatiladi. Bu holda harakat tishlar soni z=45 yoki IV valdagi tishlar soni z=15 
g’ldiraklar yordamoda V valda joylashgan z=45, z=60 va 18/72 hamda 30/60tishli 
g’ildiraklar bilan ilashadi.
Shpindel babkada tezliklar qutisidan tashqari maxsus tishlar uzatmasi o’rnatilgan, 
u shpindelni aylanishlar sonini oshiradi. Bundan tashqari bu maxsus tishlar uzatmasi 
qutidan chiqish valida past aylanishlar sonini va tegishli yuqori aylantiruvchi 
momentlarni olish imkoniyatini beradi. 
Kinematik zanjiri tenglamasi quyidagicha bo‘ladi: 
 
Bunda:
- shpindelni aylanishlar tezligi, ayl/min; 
- dvigatelni aylanishlar 
tezligi, ayl/min;
- tasmali uzatmani uzatish nisbati; 
=0,985 – tasmali uzatmani 
sirpanish koeffitsienti; 
- tezliklar qutisini uzatish nisbati


1.8.3-rasm. 16K20 rusumli tokarlik dastgohning shpindel babrasini
kinematik sxemasi 


Shpindel yo’g’ri aylanishlarning marsimal va minimal qiymatlari:
Bunda: η=0,985 – tasmali uzatmaning sirpanish koeffitsienti;
n
dv
=1460ayl/min – elektrodvigatelni aylanishlar tezligi;
140/268 – yetakchi shkiv diametrining yetaklanuvchi shliv diametriga nisbati; 
 
1.8.4-rasm. 16K20 tokar-vintqirqish dastgoh shpindelining aylanishlar grafigi 


Asbob va uskunalar. 16K20 tokar-vintqirqish dastgohi, xar-xil diametrli xomakilar,
sekundomer, shtangensirkul.

Yüklə 488,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin