K Kamtarlik avvalo o‘z – o‘ziga talabchanlik, o‘z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o‘ziga, kuch – quvvatiga ortiqcha baho bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga bo‘lgan munosabatda namoyon bo‘ladi. Inson odobli bo‘lsa, u kishilar bilan shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o‘z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi.
Boshqalarga nisbatan shirinsuhan bo‘ladi. Kamtar inson boshqalardan o‘zini ustun qo‘ymaydi, o‘ziga bino qo‘yib, soxta shuxrat ketidan quvmaydi, yutuqlardan esankiramaydi.
Kasb ahloqi jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini
kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xattiharakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasbkoridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Kasb axloqi - har bir kasbhunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni o‘rganadi va hayotga tatbiq etadi.
Kasbiy odob jamiyat tomonidan qabul qilingan ahloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, shan, or-nomus, qadr-qimmat kabi xattiharakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasbkoridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Odob (arab. adab so‘zining ko‘pligi) – jamiyatda etirof etilgan xulq normasi. 88. Kategoriya qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash»,
«tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan. 89. Kategoriyalar falsafiy tushunchalar tizimi sistemasi