Oilaning oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga bo‘lgan samimiy mustaxkamligi munosabat hisoblanadi. U oila azolarining axloqiy
tarbiyasiga ham bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustaxkam oilaning garovidir” deb aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi Yer va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy meyorlarga amal qilgan xolda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda tarbiya topgan bola manaviy va axloqan etuk inson bo‘lib shakillanadi.
Oilaning bu oila azolarining oilaviy munosabatlarda, ijtimoiy muhit psixologik muxiti va kasbiy munosabatlaridagi ijtimoiy – psixologik faolligini umumiy ko‘rsatkichlari majmui hisoblanadi. Psixologik muxit – bu oilaning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, ijtimoiy jarayonlarda, ayniqsa, oilaning ijtimoiy muhitdagi salbiy tasirlarga qarshi tura olish qobiliyatida aks etadi. Oilaning psixologik muxiti uning azolarini xayot faoliyati davomidagi o‘ta keskin xolatlarda ham, muammoli vaziyatlarni hal qilishda yuzaga keluvchi bosiqlikni tavsiflaydi.