Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə76/496
tarix30.04.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#56731
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   496
Falsafa. 2021 y (2) янги

Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Makon va vaqt o‘z rangbarangligida Cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.

Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida etibor qaratilgan. Keyinchalik

«makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? Matematikadan farqli o‘laroq fizika amalda mavjud bo‘lgan makon-vaqt strukturalarini (matematika yaratgan vositalar yordamida) bilishga harakat qiladi. Unda bu strukturalarni tushunishga nisbatan qarama-qarshi falsafiy nuqtai nazarlardan kelib chiqqan ikki xil yondashuv rivojlanadi.

Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida qaralgan. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) makon va vaqtni materiyaga ham, bir-biriga ham bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar. Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz, vaqt esa bir tekis oqadi deb hisoblangan. Demokrit, Epikur va Lukretsiy Kar talimotiga ko‘ra, makon obektiv, bir xil va Cheksiz . U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin – u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi joy.

Qadimgi yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil substansiyalarga ajratuvchi bu g‘oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi.

XVIII-XIX asrlarda substansional konsepsiya – mutlaq makon va vaqt konsepsiyasi falsafa va tabiatshunoslikda etakchilik qildi. Bu o‘z mohiyatiga ko‘ra metafizik konsepsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning aloqadorligini etiborga olmas edi. Mazkur konsepsiyaga ko‘ra, materiyadan tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan vaqt mavjud bo‘lishi mumkin edi. SHunga qaramay, makon va vaqt haqidagi bu tasavvurlar muayyan empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va past tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo esa inson yashaydigan asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o‘rtasida bevosita bog‘lanish kuzatilmaydi. Obekt muayyan joydan uzoqlashishi mumkin, lekin buning natijasida makon o‘zgarmaydi va yo‘qolmaydi. Vaqt ham shunday tushuniladi, u obektlarga bog‘liq emas. Shuning uchun ham bunday yondashuvlar saqlanib qolgan, ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o‘rganishga hali yaqinlashmagan sharoitda keng tarqalgan.

Ammo F.Gegel bunday yondashuvlarni qatiy inkor etgan. U makon mustaqil bo‘lishi mumkin emasligini qayd etgan, vaqt haqida esa shunday degan: «...hamma narsa vaqtda yuzaga kelmaydi va yuz bermaydi, balki vaqtning o‘zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»61. Bu etirozlarida F.Gegel haq edi. Umuman, Gegel o‘zining obektiv idealizmida makon va vaqtga etibor qaratmagan, chunki u vaqtdan tashqari, boqiy, «sof mantiqiy» xususiyatga ega bo‘lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan.



Relyasion (lot. relativus – nisbiy) yo‘nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo obektlari va jarayonlari o‘rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog‘lanadi. Makonning Demokrit taklif qilgan yondashuvga zid, relyasion konsepsiya Aristotel tomonidan tariflangan. Aristotel bo‘shliqning mavjudligini inkor etadi. Uningcha, makon bir xil emas va cheklidir, u moddiy jismlar egallovchi tabiiy o‘rinlar tizimidir. «Vaqt nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o‘zaro mos kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, sanog‘i, hisobi, «oldingi va keyingiga bog‘langan harakatlar soni»dir. Aristotelda makon harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan. Aristotelning makon va vaqtga talqiniga nisbatan yondashuviga o‘xshash tasavvurlar yangi davrda G.Leybnits va R.Dekart tomonidan rivojlantirildi. Uningcha, borliqning mustaqil asoslari sifatidagi bo‘shliq ham, sof davomlilik ham mavjud emas.

Makon narsalarning ko‘lamini, o‘zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning davomiyligini ifodalaydi. Obektlarning ko‘lamliligi va jarayonlarning davomiyligi birlamchi xossalar emas, ular tortilish va itarilish kuchlari, ichki va tashqi o‘zaro tasirlar, harakat va o‘zgarish bilan belgilanadi. Mazkur nuqtai nazardan ko‘rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnitsdir (1646-1716).


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   496




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin