Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 420,24 Kb.
səhifə7/8
tarix02.01.2022
ölçüsü420,24 Kb.
#44679
1   2   3   4   5   6   7   8
Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universite

2-bosqich. Bu bosqichda NGN tarmog`ining qurilishi boshlanadi, bunda mediashlyuzlarlar ishlatilmaydi, balki Soft Switch UFTT va NGN tarmoqlarini o`zaro bog`lash uchun SIP-T protokoli yordamida paketli interfeysni ishlatadi (1.6rasm).

1.6-rasm. SIP-T protokoli orqali UFTT va NGN tarmoqlarini bog`lanishi 3-bosqich. Bu yakunlovchi bosqich bo`lib, UFTT tarmog`ining foydalanuvchilari NGN tarmog`ining foydalanuvchilari hisoblanadi. Bunda C&CO8 kommutatsiya tizimidagi masofaviy modullari NGN dagi kirish shlyuzlari (AG) bilan osongina bog`lanadi (1.7-rasm). Raqamli C&CO8 kommutatsiya tizimidagi RSA/RSI masofaviy modullar nafaqat AG bilan, balki kirish media shlyuzlari (AMG) bilan ham osongina bog`lana oladi.



1.7-rasm. UFTT va NGN tarmoqlari birlanishishining yakunlovchi bosqichi

NGN ga xos bo`lgan demokratizm mavjuddir: trafikni uzatish va/yoki xizmatlarni taqdim etishni ta`minlovchi istalgan texnologiya, transport texnologiyasi deb hisoblanishi mumkin. Shunga o`xshash, transport tarmog`i resurslariga abonentlar kirishini ta`minlovchi istalgan texnologiya, abonent yoki kirish texnologiyasi deb hisoblanishi mumkin.

Transport va kirish texnologiyalarining bunday keng talqin qilinishi hozirning o`zida ikkala tur uchun turli echimlarni keltirib chiqardi. Transport tarmoqlarining eng ommaviy texnologiyalari: SDH (xozirda endi NGSDH), ATM, MPLS/IP, Frame Relay, WDM, magistral Ethernet (10 Gigabit Ethernet).



Kirish ommaviy texnologiyalari nisbatan son-sanoqsiz, chunki nafaqat NGN tarmoqlariga abonent kirish texnologiyalarini, shuningdek an`anaviy abonent kirish texnologiyalarini xam qamraydi. Bular PDH, ISDN, abonent Ethernet i, IP, xDSL va VDSL, FTTx/PON, Wi-Fi va WiMAX, WLL, HPNA, CATV va HDTV, Fibre Channel. Shuningdek bularga telefon kanallari va modemli aloqaning an`anaviy texnologiyalari kiradi.

Yüklə 420,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin