O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH
VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO`MITASI
AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMP`YUTER INJINIRINGI FAKUL`TETI
«TELEKOMMUNIKATSIYA INJINIRINGI» KAFEDRASI
«KEYINGI AVLOD TARMOG’I»
«Next Generation Network»
Bajardi: Raximova D. 2-kurs Magistri
Raxbar: Muradova A.____________________
REJA:
1.Kirish
2. Tashkent shahrida mahalliy TELEKOMMUNIKATSIYA tarmoqlarining
qurilishi
3. NGN – keyingi avlod tarmog`ining arxitekturasi va afzalliklari
KIRISH
Yurtimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, TELEKOMMUNIKATSIYA va ma`lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, ularni dunyo standartlariga etkazish va shu asosda “Global axborotlashgan jamiyat” sari ildam borish maqsadida keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborotlashgan jamiyat barpo etish O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy siyosatining muhim yo`nalishlaridan biriga aylangan.
Zamonaviy axborot-texnologiyalarini mamlakatimiz hayotiga kiritish ijtimoiy ishlab chiqarish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini echishga yo`naltirilgan respublika hukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.
2012 yil 10 mayda O`zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-1754-sonli “2012-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to`g`risida” gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda asosan xizmat ko`rsatish sohasi tarkibini yanada takomillashtirish, aholi talabgor bo`lgan zamonaviy xizmat turlari bilan bozorni jadal rivojlantirish va to`ldirishga hamda, shahar va qishloq aholi punktlari hududlarining qurilishini rejalashtirishda tasdiqlangan me`yorlardan kelib chiqqan holda, mintaqalar aholisiga turli ijtimoiy va kommunal-maishiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga qaratilgan.
2012—2016 yillarda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan aholiga quyidagi yangi xizmat turlarini taqdim etish rejalashtirilgan:
Interaktiv televideniya xizmatlari (IPTV);
Videotelefoniya xizmatlari va boshqalar.
O`zbekistonda TELEKOMMUNIKATSIYA sohasining jadal rivojlanishi bu tarmoqni yangi yuqori texnologik xizmatlar segmenti taqdim etadigan FTTx texnologiyalari asosida loyihalashtirish, ya`ni videoqo`ng`iroqlarni amalga oshirish, ma`lumotlar uzatish, telefon so`zlashuvlari, Internet tarmog`iga kirish hamda IPTV xizmatlarini taqdim etish bo`yicha xizmat ko`rsatish bilan bog`liq. Shuning uchun TELEKOMMUNIKATSIYA sohasining rivojlanishi ikkita tendentsiya ekstensiv (telefon o`rnatishga bo`lgan talabni qondirish) va intensiv (yangi bozor va zamonaviy xizmat turlarini o`zlashtirish) o`sish zaminida amalga oshirilmoqda.
2012 yil 21 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1730-sonli “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari” to`g`risida qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni ta`minlash maqsadida quyidagilar axborotkommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan:
davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni ta`minlash;
davlat organlarining o`z funktsiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish;
davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari va aholiga ko`rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari ro`yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko`lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni ta`minlash;
axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini ta`minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish;
Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari himoya qilinishini ta`minlash.
Dostları ilə paylaş: |