Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya`ni NGN



Yüklə 420,24 Kb.
səhifə4/8
tarix02.01.2022
ölçüsü420,24 Kb.
#44679
1   2   3   4   5   6   7   8
Al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universite

NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya`ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma`lumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, yo`qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog`i turli xil ma`lumotlar trakti uchun kerak bo`ladigan barcha xizmatlarni ta`minlash imkoniyatiga egadir, ya`ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko`rsatish sifati yuqori ko`rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o`ylab qaralganda NGN tarmog`i ayni paytda foydalanib kelinayotgan umumfoydalanuvchi telefon tarmog`i (UFTT-PSTN), ma`lumotlar uzatish tarmog`i (MUT), elektr aloqa tarmog`ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog`idir.

NGN tarmog`ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir. Ularga quyidagilarni misol qilish mumkin:

  • Telefon aloqasi xizmati (mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqasi);

  • Ma`lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma`lumot uzatish kanali, ma`lumotlarni uzatuvchi virtual xususiy tarmoqlar);

  • Telematika xizmati (“elektron pochta”, “ovozli pochta”, “IP telefoniya”, “audiokonferentsiya”, “videokonferentsiya”);

  • Harakatdagi elektr aloqa xizmati;

  • Provayder xizmati (“elektron supermarket”, “masofadan o`qitish” ).

Bu holda NGN tarmog`i har xil turdagi aloqa vositalari, ya`ni analog telefon apparati, faksimil` apparati, IP-telefoniya terminali, mobil aloqa vositalari, raqamli tarmoq qurulmalari va boshqa tur aloqa komponentlarini qo`llab-quvvatlaydi. NGN tarmog`ining yutug`i xizmat turlarining (juda ko`p) mavjudligidadir. NGN tarmog`ini qo`llashning qiyin masalalari uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir. NGN tarmog`ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada

UFTT, Mobil aloqa tarmog`i, Internet tarmog`i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko`zda tutiladi. Hozirgi kunda NGN tarmog`ining to`rt sathli arxitekturasi mavjud. U quyida (1.2-rasm) ko`rsatilgan:



1.2-rasm. NGN tarmog`ining arxitekturik modeli





  • Xizmatlarni boshqarish sathi

  • Kommutatsiyalashni boshqarish sathi

  • Transport sathi

  • Kirish sathi




Yüklə 420,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin