Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti


-qї//-ki affiksi nimagadir munosabatni ifodalaydigan qadimgi affiksdir. U -daqї//-däki



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə105/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-qї//-ki affiksi nimagadir munosabatni ifodalaydigan qadimgi affiksdir. U -daqї//-däki murakkab affiksi tarkibida uchrashi mumkin.
Yoqut tilida tartib sonlar miqdor sonlardan -s(-їs//-is, -us//-üs) affiksi yordamida hosil qilindi: ikki–ikkis (ikkinchisi), biers (besh)–biehis (beshinchi). Affiks oxirida sbo‘lishi mumkin.
6. Jamlovchi sonlar. Turkiy tillarda bunday sonlarni hosil qilishda turli jamlovchi ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi. Ular quyidagilar:
-ag‘u//-ägü affiksi faqat qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda saqlangan: ikägü (ikkov), üchägü (uchov) kabi. Boshqa turkiy tillarda u fonetik o‘zgarishlarga uchragan va quyidagi variantlarga ega:
-aw//-ew(-ew),-öw: esk.o‘zb., tat. ikäw (ikkov), üchäw (uchov), qoz. yekew (ikkov), altaw (oltov), besew (beshov), no‘g‘. üshew (uchov), turkm. üchöw (uchov);
-u//-ü: olt. üchü (uchov);
-ö: qirg‘. va olt. ekö (ikkov), üchö (uchov);
- їa//-ie: yoq. ikie (ikkov);
-ag‘u//-ägü affiksiga jamlovchi ko‘plikni ifodalovchi qo‘shimchalar qo‘shilib, murakkab qo‘shimchalar vujudga kelishi mumkin. Chunonchi, -awlan// -äwlän, -ag‘u+la+n jamlovchi ko‘plikni ifodalaydigan affikslarning birikuvidan tashkil topgan: esk.o‘zb. uchovlon, q.balq. o‘nowlan (o‘novlon), uyg‘. ikkilän (ikkovlon), xak. altalan (oltovlon).
Jamlovchi ko‘plikni ifodalash uchun boshqa usullar, chunonchi, egalik affikslari ishlatilishi mumkin: ozarb. altїmїz (oltimiz), ikimiz (ikkimiz), chuv. iksimer (ikkimiz), iksir (biz ikkimiz), tat. ikibiz (ikkimiz) kabi.
7. Taqsim sonlar. Taqsim sonlarni hosil qilishda turkiy tillarda -ar//-är ba’zan -shar//-shär affikslari qo‘llaniladi: tur. birer (bittadan), ikisher (ikkitadan), tat. yoshär (uchtadan), aoltїshar (oltitadan), no‘g‘. onar (o‘ntadan), altїsar (oltitadan), chuv. iksher (ikkitadan) va hokazo.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin