Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə163/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

2. So‘roq yuklamalari. -ma umumturkiy so‘roq yuklamasi hozirgi tillarda 2 tadan 8tagacha fonetik variantga ega. Chunonchi, oltoy tilida: ba//be, pa//pe, bo// bö, po//pö. Bunday turlichalik turkiy tillarda t//b//p tovushlari almashinuvi bilan izohlanadi. Shunday tillar borki, ularda 3 ta undosh almashinadi: xak., shor., qoz., q.qalp., no‘g‘: ma//ba//pa, shuningdek, ikkita tovush almashinuvidan iborat: olt., qirg‘: b//p. Avvalo, faqat m ishlatiladigan tillar ham bor. Bu, asosan, janubi-g‘arbiy yoki o‘g‘uz tillaridir. Xarakteriga ko‘ra, oxirgi unlining turkiy tillarda ikkita tipini ko‘rsatish mumkin: a//e keng unlili va u//i qisqa (tor) unlili. Birinchi guruhga oltoy, xakas, shor, qozoq, qoraqalpoq, no‘g‘oy tillari kiradi: ma// me, ba//ye, pa//pe; tofalar: be//pe (singarmonizm qonuniga uchragan), tuva: be. Ikkinchi guruhga tatar, boshqird, qorachoy-balqar, qaraim (ba’zan mo–keng unlili), ozarbayjon, turk, turkman, gagauz, o‘zbek, uyg‘ur tillarida: mu//-mi; qirg‘iz tilida tor unli mavjud, ammo u b//p, bi//bu, pi//pu undoshlari bilan keladi.
Turkiy tillarda, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, ushbu yuklamaning yanada rivoji kuzatiladi, u pe so‘roq yuklamasiga birikib, gumon ma’nosiga ega bo‘lgan so‘roq yuklamasini ifodalaydigan yangi yuklamani vujudga keltiradi: tat., boshq: munї, xak. bani.
Turkiy ma yuklamasining bu//pu//mu (bu) ko‘rsatish olmoshidan kelib chiqqanligini hisobga olmoq kerak.
Runik yodnomalarda yuklamalar mli fonetik variantlarda, tor unlilar bilan birga uchraydi: Qag‘an-mu qїsayїn tädim (To‘nyuquq, 5) – Xoqonni ham qo‘lga olayin dedim. Bar-mü-nä (To‘nyuquq, 14) – Bormidi? Chuvash tilida, aftidan, so‘z boshidagi undosh tushib qolib, metateza hodisasi ro‘y bergan (-im).
Hozirgi turkiy tillarda ma yuklamasi assimilyatsiya qonuniga bo‘ysunib, (unli va undoshlarda) o‘ziga xos so‘roq affiksiga aylangan.
Barcha turkiy tillar uchun umumiy bo‘lgan bobotil omomorf ma yuklamasi inkor ma’nosiga ega. Bu boradagi barcha ishlarda u inkor affiksi sifatida qaraladi, odatda, otlarda keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, fe’l shaklida keng ishlatiladi.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin