Al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə67/195
tarix27.09.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#149418
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195
O‘zbek tilshunosligi

-lan//-län affiksi tarixan -la va -n affikslarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Keyinchalik -n o‘zlik nisbati ma’nosini olgan. -lan affiksining ikkita ma’nosi keng tarqalgan: 1) qaysidir holatga o‘tish va shu holatda turish; 2) qaysidir belgi, sifat, xususiyatning paydo bo‘lishi: tat. öylän (uylan), no‘g‘. baslan (boshlan), turkm. yaraglan (yaroqlan);
-lash//-läsh affiksi -la affiksi bilan birgalik nisbati qo‘shimchasi -sh ning birikuvidan tashkil topgan: qar. qudalash, tat. birläsh (birlash), ozarb. chirkläsh (kirlash). Ushbu affiks bilan kelgan fe’llar belgining shakllanishini ifodalaydi: ozarb. kobudlash (qo‘pollash), uzunlash, yaxsh їlash (yaxshilash);
-lat//-lät affiksi -la bilan orttirma nisbat affiksi -t ning birikuvidan iborat bo‘lib, ushbu affiksli so‘zlar kauzativ (sababiy) ma’noga ega: qar. aruwlat (tozalat), qarangїlat (qorong‘ilat), tur. de(g)irmilet (dumaloqlat), qoz. oñaylat (o‘ng‘aylat), tat. zäg‘ьyflat (zaiflat) kabi;
- їl//-il affiksi, dastlab, takroriy yoki uzoq davom etadigan harakat ma’nosini ifodalagan. Uning qoldiqlari juda kam saqlangan: ozarb. kärtil (suvi qochgan), qoz. suwьl (suyul), tur. kechil (kechik) kabi. Keyinchalik orttirma nisbat ko‘rsat-kichi sifatida qo‘llanilgan;
-ma//-mä ayrim fe’llarda saqlangan: qoz. qarma (ushlamoq), tat. tїrma (qashi);
-mala//-mälä affiksi -ma va -la ning birikuvidan tashkil topgan: xak. chulmala (bo‘lakla)<chul (chopmoq), turkm. yolmala (sug‘urmoq)<yol (sug‘ur), qoz. sьqmala (siqmoq)<sьq (siq);
-msa//-( ї)msa, aslida, -m+sa bo‘lib, zaif harakatni ifodalaydi: tur., ozarb. gülümse (kulmoq), tuv. qattїrїmsa (goh-goh kulimsiramoq);
-msїra//-msirä affiksi harakatning me’yordan kamligini ifodalaydi: xak. külümsire (kulimsira), tat. kёlämsirä, shor. külumzire, їlg‘amzїra (yig‘lamsira), olt. külümzire kabi;

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin