5-ma’ruza
FE’L VA RAVISHLARNING YASALISHI
Reja:
1. Turkiy tillarda fe’llarning yasalishi:
1.1. Affiksatsiya yo‘li bilan fe’l yasalishi.
1.2. Boshqa turkumlardan fe’l yasalishi.
2. Turkiy tillarda ravishlarning yasalishi:
2.1. Affiksatsiya yo‘li bilan ravish yasalishi.
Adabiyotlar:
1. Serebrennikov N. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya gram-matika tyurkskix yazïkov. М., «Nauka», 1986.
2.Sravnitelno-istiricheskaya grammatika tyukskix yazïkov. Morfologiya. М., «Nauka», 1988.
3. Murmaxanova А. Тürki tildеriniñ sаlїsїtїrmаlї grаmmаtїkаsї. Аlmаtї, «Меktеp», 1971.
4. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004.
Tayanch tushunchalar: Fe’l yasalishi. Affiksatsiya. Kompozitsiya. Ravish yasalishi.
1. Turkiy tillarda fe’llarning yasalishi. 1.1. Affiksatsiya yo‘li bilan fe’l yasalishi. Turkiy tillardagi fe’l yasaydigan affikslarni ikkita guruhga–otlardan fe’l yasaydigan va fe’ldan fe’l yasovchi qo‘shimchalarga ajratish mumkin.
Turkiy tillarda otdan fe’l yasovchi affikslar ozchilikni tashkil qiladi. Fe’ldan fe’l hosil qiluvchi affikslar ancha ko‘p.
Qadimda turkiy tillarda takroriy harakatni bildiradigan affikslar ko‘p qo‘llanilgan. Ularni sodda va murakkab affikslarga ajratish mumkin. Sodda affikslar ikkita guruhchaga ajratiladi: 1) bitta unlisi bo‘lgan affikslar: 2) bitta undoshli affikslar. Sodda affikslarga -a (varianti -e, -ä), -ї (-i); 2) -k, -l, -m, -n, -r, -s,-t,-sh lar kiradi.
Ushbu affikslarning ko‘pchiligi ko‘plikni ifodalovchi bo‘lib, turkiy tillarda keng tarqalmagan.
Undoshlar bilan tugaydigan fe’l o‘zaklarning ko‘pligi sababli ushbu affikslar bir-biri bilan birikib, -ar,-la,-їl,-їn,-ra,-їr,-lar,-їq,-qa tipidagi murakkab affikslar yuzaga kelgan.
Hozirda ham asl ma’noni saqlab kelayotgan takroriy ma’no anglatadigan qadimgi affiks kam unum bo‘lib, hozirgi turkiy tillarda ancha kam uchraydi. Bularga quyidagilar kiradi:
-a//-ä. Dastlab, ushbu affiks takroriylikni, ammo ko‘proq doimiy harakatni bildirgan. Bu holat uning hozirgi zamon fe’li ko‘rsatkichi uchun foydalanishiga sabab bo‘lgan: o‘zb. ol-a-man (olaman), tat. yaoz-a-m (yozaman), qoz. bar-a-mїn (boraman) kabi. U otdan fe’l hosil qilishda keng qo‘llanilgan: tur. kana (qonamoq) yasha (yasha)<yash, qum. sana<san (son), uyg‘. bosha (bo‘sha)< bosh (bo‘sh), tuv. ada (atamoq)<at, q.qalp. ata (o‘tamoq)<ot (o‘t), olt. tüne (tunamoq)<tün kabi;
Dostları ilə paylaş: |